Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Juma, 26.04.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Mehnat Daftarchalarini Yuritish Tartibiga O‘zgartirishlar Va Qo‘shimcha Kiritish Haqida Qaror
12:45
Mehnat Daftarchalarini Yuritish Tartibiga O‘zgartirishlar Va Qo‘shimcha Kiritish Haqida Qaror


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida buyrug‘i:

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 38-son, 445-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 21 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 402-7]

Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:

1. 2.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi.
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko‘ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan ma'lumotlarning tasdig‘i sifatida tashkilot tomonidan ma'lumotnoma berilishi lozim.
Bu davrda mazkur Yo‘riqnomada belgilangandan o‘zgacha tartibda mehnat daftarchasiga qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni o‘zgartirish, garovga berish yoki yo‘q qilish qat'iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi.».
2. 2.14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2.14. Mehnat daftarchasi bor bo‘lgan talabalarga, o‘quvchilarga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga va tibbiyot ordinatorlariga o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qigan vaqtlari to‘g‘risida yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos bo‘lib talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan chiqarish to‘g‘risidagi o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘quvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati ko‘rsatilgan holda tegishli ma'lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu ma'lumotnomalar asosida o‘quv yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, o‘quvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi to‘g‘risidagi olingan ma'lumotlarni kiritilishini ta'minlaydi va ularni qat'iy hisobot hujjatlari tarzida saqlaydi.».
3. 2.15-band «aspirant» degan so‘zdan keyin «(stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi), doktorant (katta ilmiy xodim-izlanuvchi)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 3.5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA

Mehnat daftarchasini yurtish tartibi haqidagi to'liq yo'riqnomani quyidagi linkdan olshingiz mumkin.



Manba: Maslahat.uz
Категория: Qonun | Просмотров: 2072 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]