Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 02.05.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » «SASSIQ DIMOG'» davolash haqida
23:14
«SASSIQ DIMOG'» davolash haqida

«Sassiq dimog'» surunkali rinitning bir turi sifatida yuzaga chiqadi, tibbiyotda ozena kasalligi deb ham yuritiladi. Bu kasallikda burun bo'shlig'ini qoplab turgan shilliq parda va suyak atrofiya (oziqlashish, yupqalashish)ga uchraydi. Burun bo'shlig'ida yiringli qaloqlar paydo bo'ladi. Ular burun bo'shlig'idagi mikroorganizmlar ta`sirida parchalanib, noxush hidli moddalarni keltirib chiqaradi. Bemorning o'zi bu hidni sezmaydi ba`zan.

Chunki burun bo'shlig'idagi hid bilish qismi ham atrofik jarayon bilan shikastlangan bo'ladi. Yosh bolalarda burun bo'shlig'idan yoqimsiz hid kelishiga eng asosiy sabab har xil jismlarning burun ichiga kirib qolishidir. Bunday hollarda burunning bir tomonidan yiringli ajralmalar oqadi va nafas olish qiyinlashadi. Shuningdek, dimog'dagi murtakning surunkali yallig'lanishida bolaning burnidan yiringli ajralma oqadi, u gapirganida manqalanadi, nafas olishi qiyinlashadi. Ba`zan dimog'dagi yallig'lanish tufayli balg'am hosil bo'ladi va bemor bola buni tashqariga chiqarolmay ichga yutadi. Uzoq vaqt davomida ichga yutilgan balg'am organizmda parchalanib, bolaning o'sishiga salbiy ta`sir etadi.

Yuqori nafas yo'llari kasalliklarida og'izdan noxush hid kelishi pastki nafas yo'llari yallig'lanishi (masalan, traxeit, bronxit, o'pka absessi, bronxoektaz) kasalliklarida ham uchraydi. Bundan tashqari, me`da va ichak dardlarida ham og'izdan badbo'y hid kelishi kuzatiladi. Shuning uchun ham bemor dastlab lor shifokori, shuningdek, stomatolog va terapevt ko'rigidan o'tishi lozim.

KOMPRYESS QANDAY QILINADI?

Kompress davo maqsadida qo'yiladigan bog'lov bo'lib, uning ho'l, quruq, issiq, sovuq, moyli va boshqa turlari ishlatiladi.

Isituvchi kompress chalg'ituvchi va so'ruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Vrach odatda bu muolajani angina va bronxitda, mushaklar og'riganda, tomir tortishganda, surunkali otit, bo'g'imlar yallig'langanda buyuradi.

Kompressning og'riq qoldirishiga sabab shuki, issiqlik ta`siri natijasida mushaklar bo'shashadi. Kompressni gavdaning har qanday qismi – bo'­yin, ko'krak qafasi, qo'l, oyoqqa qo'yish mumkin. Biroq bunda teri tirnalmagan, shilinmagan bo'lishi, shuningdek, bemorda teri kasalliklari, xususan, yiringli yaralar istisno qi­linishi kerak.

Bemorga kompress qilish uchun bir bo'lak doka, paxmoq yoki nam­ni o'ziga yaxshi singdiradigan boshqa biror gazlama kerak. Uni bir necha qavat buklang-da, xona haroratidagi (18-20 daraja) suvga botiring. Siqib tashlab, og'riyotgan joyga qo'yasiz. Ustidan nam gazlamadan 2-3 sm kattaroq klyonka yoki mum qog'oz yoping va bir qavat paxta qo'ying. Paxta klyonkadan bir necha santimetr kengroq bo'lsin. Keyin kompressni bemor tomirlarini siqmaydigan va harakatlanishga xalaqit bermaydigan qilib bog'lang. Kompressni 6 soatdan 12 soatgacha tutib turish tavsiya etiladi. Shuning uchun uni, yaxshisi, uyqudan oldin qo'yish kerak.

Agar kompress to'g'ri qo'yilgan bo'lsa, ho'l dokani teridan olganingizda u nam va iliq bo'ladi.

Ba`zan kompress qo'ygandan keyin teri bichilib, qichishadi. Bunday holat ro'y bermasligi uchun har safar kompressni olganingizdan keyin teriga suv bilan teng miqdorda aralashtirilgan spirt, odekolon surting. So'ng­ terini sochiq bilan quriting.

Sovuq kompress miyaga qon quyilib kelishi bilan kechadigan bosh og'rig'ida, isitma juda baland bo'lganida tavsiya etiladi. Shuningdek, bo'g'im boylamlari cho'zilganda, lat yeganda, burun qonaganda yaxshi ta`sir etadi. Matoni sovuq suv bilan ho'llash yoki muz qo'yish qon tomirlarni toraytirib, to'qimalarning qon bilan ta`minlanishi kamayadi. Bu esa o'z navbatida og'riqni yo'qotadi.

Sovuq kompress quyidagicha tayyorlanadi: bir bo'lak doka, gazlama yoki sochiqni bir necha qavat qilib taxlang va sovuq suvda ho'llang. Suvga muz solinsa, yana yaxshi. Dokani sal siqib jarohatlangan yerga qo'ying. Ho'l gazlama tezda isib, suvi bug'lana boshlaydi. Shu sabab har 2-3 daqiqada kompressni almashlash zarur. Sochiq yoki doka 2 ta bo'lsa, galma-gal birini olib, ikkinchisini ishlatish mumkin. Muolaja og'riq qolmagunicha yoki burundan qon ketishi to'xtamagunicha o'rtacha 1 soat, ba`zida undan uzoqroq davom etadi.

Ba`zi hollarda suvga sovutadigan modda – sirka (yarim litr suvga 2 osh qoshiq) qo'shish mumkin. Agar sovuq kompressni uzoq muddat qo'yish kerak bo'lsa, sellofan xaltachaga muz, qor yoki sovuq suv soling. Bunda sellofanning ustidan sochiq qo'yishni unutmang.

Issiq kom­press bosh og'­rig'i, ichak, buyrak va jigar sanchiganda buyuriladi. Bunda issiq ta`sirida qon tomirlar kengayib, to'qimalarning oziqlanishi yaxshilanadi, mushaklar bo'shashadi va og'riq kamayadi.

Issiq kompress gazlama, sochiq yoki dokani bir necha qavat buklab qilinadi. Mato issiq suvda (60-70 daraja) ho'llanadi va siqib, og'riyotgan joyga qo'yiladi. So'ngra ustidan kengroq klyonka yoki suv o'tkazmaydigan qog'oz yopib, qalinroq paxta qo'ying-da, yana jun ro'mol yoki adyol bilan yoping. Kompress har 5-10 daqiqada almashtiriladi.

Shuni unutmangki, kompressni faqat davolovchi shifokor buyurgandagina qo'yish mumkin.

Oddiy muolajalar

IChIMLIK SODASI DAVOLAYDI

- Ichakni tozalash uchun ba`zan suvga 1 choy qoshiq soda solib, klizma qilinadi. Me`dani yuvish uchun 1 l suvga 1 osh qoshiq soda yetarli bo'ladi.

- Sodali eritma (chorak choy qoshiq soda yarim stakan suvga) jig'ildon qaynaganda me`da shirasi kislotaliligi oshishini neytrallash uchun ichiladi, lekin bu jig'ildon qaynashini bosish uchun yaxshi usul emas.

- Milklar yallig'langanda ichimlik sodasini suvda aralashtiring. Ke­yin barmog'ingizni tiqib, qo'llab milklaringizni uzunasiga arting. Tish cho'tkasi bilan tozalang. Shunda kislotali bakterial chiqindilar chiqib ketadi va milk dezinfeksiya bo'ladi.

- Dismenoreyada (hayzning og'riqli kelishi) mushaklarni bo'shashtirib, spazmni yo'qotish uchun «ma`danli vanna»ga tushib o'tirish kerak. 1 piyo­la dengiz tuzi va ichimlik sodasi solib, eritib, 20 daqiqa o'tiriladi.

- Tirsaklar terisi quruqshab, dag'allashib ketganda maxsus vannacha qilish foydali. Tosga 1 l issiq sovunli suv quyib, 50 g ichimlik sodasi qo'shiladi. Tirsaklarga krem surtib, 10 daqiqa suvga solib o'tiriladi, tirsakdagi dag'allashgan joyni jilvirtosh bilan asta-asta ishqalanadi. Ke­yin yana krem surtib, yana 10 daqiqa suvga solib o'tiriladi. So'ng tirsakni yaxshilab quritib artib, krem surtiladi. Davolash 8-10 kun takrorlanadi.

- Kimyoviy preparatlardan gush (ekzema) bo'lganda suvga 1 choy qoshiq soda solib aralashtirilib, qo'llarni 15-20 daqiqa solib o'tiriladi. So'ngra ozroq zaytun yog'iga 10 daqiqa botirib turish kerak.

- Eshakemi ko'p toshganda – kuniga ikki mahal har safar 400 g soda solib, vanna qilish tavsiya etiladi. Vannadan keyin badanni bodom moyi, mentol bilan yoki suvga sirka qo'shib artish kerak.

- Oyoqlar terlaganda ertalab va kech­qurun 1 stakan iliq suvda 1 choy qoshiq sodani eritib yuvish kerak. Kechqurun lattani qo'llab, barmoqlar orasiga ertalabgacha qo'yiladi. Ertalab yana o'sha suv bilan oyoqlarni yuvib, quruq qilib artib, poyabzal kiyiladi.

- Tovon terisi dag'allashib ketganda tosdagi issiq suvga 1 choy qoshiq soda, 1 osh qoshiq qirilgan sovun aralashtirib, har kuni kech­qurun yotishdan oldin 20 daqiqa oyoqlarni solib o'tirish kerak. Ke­yin tovonlarga yog'li krem surtiladi.


Manba: Maslahat.uz


Категория: Salomatlik | Просмотров: 7677 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]