Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 02.05.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » Turpning foydali jihatlari
23:26
Turpning foydali jihatlari

Turp issiq taomlar bilan salat sifatida qo'shib iste`mol qilinadigan sabzavot turi hisoblanadi. Uni xomligicha o'simlik yog'i va suzma bilan iste`mol qilish foydali. Turpning tarkibida 90% suv, shakar, kletchatka, efir moylari, darmondorilar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar, fermentlar va boshqa turdagi moddalar mavjud. Uning tarkibidagi koni shifo ayrim moddalar fitonsid va bakterisid xususiyatini ta`minlagan. Turpning suvi qadimdan ichak faoliyatini yaxshilash, soch tolalarini mustahkamlash maqsadida qo'llanib kelingan. Shuningdek, turp ateroskleroz shishlarda, peshob-tanosil a`zolari kasalliklarida ham juda yaxshi yordam beradi.

Xalq tabobatida turp bilan asal aralashmasi har xil jarohat va yaralarga malham hisoblanadi. Qaynatib pishirilgan turp yo'talga davo bo'ladi. U shamollashga qarshi, siydik haydovchi, balg'am ko'chiruvchi, tomoq va o'pka kasalliklariga davo sifatida tavsiya etiladi.
Turp urug'lari mikroblarga qiron keltiruvchi xususiyatga ega. Turp urug'larini havonchada maydalab, kukun shakliga keltirib, oz miqdordagi suv bilan aralashtirilsa, tayyor bo'lgan vosita sekinlik bilan bitayotgan jarohat va yaralarning tezroq tuzalishiga yordam beradi.
O't pufagi yallig'lanishi va tosh kasalliklarida turp sharbatini har kuni oqshom muntazam tarzda bir katta piyola miqdorida iste`mol qilib turishlari tavsiya qilinadi.
Turp ildizmevasini oshqozon-ichak yarasi, yallig'lanishi ya`ni gastrit, enterit – ingichka ichak yallig'lanishi, gepatit va ayrim yurak kasalliklariga uchragan bemorlar iste`mol qilishlari mumkin emas.

Asl shifo sharbati
Kerakli masalliqlar:
- lavlagi;
- turp;
- sabzi;
- xamir kabi mahsulotlar miqdori ta`bga ko'ra belgilanadi.

Tayyorlash jarayoni: Lavlagi, turp va sabzi sabzavotlarining sara sharbatlaridan teng miqdorda olinib, oftob daxl qilmaydigan, qoramtir maxsus shisha idishga solinadi. Og'zi yaxshilab yopilgan idishning boshqa tomonlariga xamir yopishtirib chiqiladi. Bu sharbatlar majmui uch soat davomida bug'xonaga qo'yiladi. Tayyor bo'lgan shifobaxsh manbani kuniga uch qoshiqdan ovqatdan oldin iste`mol qilish tavsiya etiladi.

Tibbiy foydasi: Ushbu asl shifo sharbati yaxshi quvvat manbai bo'lganligi bois, kamqonlikning barcha turlarida beqiyos hisoblanadi. Bunday sharbatlarni tayyorlab iste`mol qilish jarayoni uch oygacha davom ettirilishi maqsadga muvofiq.

Quvvatlantirilgan turp sharbati
Kerakli masalliqlar:
- yarim kilogramm turp;
- ikki osh qoshiq asal;
- bir osh qoshiq tuz.

Tayyorlash jarayoni: Turpdanchiqquniga qadar sara sharbati olinib, unga asal va tuz qo'shilib aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan, aniqrog'i, boshqa ne`matlar bilan quvvatlantirilgan sharbat ko'pgina dardlarda koni shifodir.

Tibbiy foydasi: Ushbu quvvatlantirilgan turp sharbatini og'riq qoldiruvchi vosita sifatida bod, mushak va asab tolalarining shamollashida og'rigan joyga surkash yaxshi samara beradi. Agar ushbu shifobaxsh sharbatga kuchsizlantirilgan tibbiy spirtdan biroz qo'shilib omuxtalashtirilib ishlatilsa, surkalgan teri qizib, mahalliy hududda qon yurishi yaxshilanib, og'riqning tezda ketishiga erishish mumkin

Ko'rilgan ma'lumotga izoh qoldirishni unutmang !!!

manba: tib.uz

Категория: Salomatlik | Просмотров: 2631 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]