Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Shanba, 20.04.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » Anjirning foydali jihatlari
23:28
Anjirning foydali jihatlari

Anjir tutdoshlar oilasiga kiruvchi subtropik daraxt hisoblanadi. Mevalari yong'oqsimon shaklda sariq yoki siyohrang-qora rangda bo'ladi. Mevalari pishganida diametri 5 sm, uzunligi 8 sm va og'irligi 30-70 grammni tashkil etib, mazasi juda shirin yoki nordon-shirin bo'ladi.

Anjirning foydali va shifobaxsh xususiyatlari undan xalq tabobatida keng foydalanish imkonini beradi.

Yangi uzilgan anjir mevasining kimyoviy tarkibi (foizlarda): suv - 83, qandlar -11,6 (asosan glyukoza va fruktoza, saxaroza juda kam miqdorda), oqsillar - 0,7, biriktiruvchi to'qimalar - 2,5, pektin moddalari - 5,4, organik kislotalar - 0,5 (limon, olma va sirka kislotalari), A, C, B1, B2 vitaminlari. Unda ko'plab mikroelementlar mavjud: natriy (18 mg%), kaliy (190 mg%), temir (3,2 mg%) va boshqalar.

Anjirning suv yoki sutdagi qaynatmasidan shamollashda, nafas olish yo'llaridagi yallig'lanish jarayonlari da foydalaniladi. Angina va milklar yallig'lanishida og'iz ushbu qaynatma yordamida chayiladi. Anjir mevalari oshqozon, buyrak holatini yaxshilaydi va siydik haydovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Yurak, qon-tomir tizimi kasalliklarida anjir juda katta foyda beradi, chunki u kaliy moddasiga boy. Kaliy qon tomirlaridagi zo'riqishni oladi, ularni bo'shashtiradi va kengaytiradi. Shuningdek anjir gipertoniyaning oldini olishda muhim rol o'ynaydi va vena yetishmovchiligida foydali. Anjir tarkibidagi fitsin fermenti qon quyulishini kamaytiradi hamda tomirdagi tromblarning yo'qolishiga ko'maklashadi. Anjir mevalari yengil ichni suradigan xususiyatga ega. U kuchli yurak urishini me'yorga keltiradi hamda qon ishlab chiqaruvchi yaxshi vosita hisoblanadi. Anjirning anemiya xastaligida, qorajigar va jigar kasalliklarida foydasi katta.

Anjirning sutli shirasini qabul qilish buyrakdagi qumni yuvib chiqaradi, u qiyin yo'qoladigan o'smalar va yiringli yaralarda tavsiya etiladi. Yangi uzilgan anjir mevasi kamqonlikning oldini oladi. Anjir barglari va ildizidan tayyorlangan vosita tsistit va siydik yo'li kasalliklarida shifo beradi.

Quritilgan va qoqlangan anjir mevasi xuddi konsentratga aylanganday bo'ladi. U nafaqat uglevodlarga boy, balki ba'zi navlarining tarkibida 6 g oqsillar, 1,5 g yog'lar (yog'li to'yinmagan kislotalar ko'rinishida) va 70 g qandlar mavjud bo'ladi. Bunday ko'rinishda u avvalo ozuqaviylik darajasi yuqori mahsulot hisoblanadi. Anjirning energetik qiymati 100 g mahsulotda 340 kkal ni tashkil etadi. Qadim zamonlardan buyon quritilgan anjir mevasi shamollashlarda terlatuvchi va haroratni tushiruvchi vosita sifatidan foydalanib kelingan.

Ammo anjir qandli diabet va oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanishida tavsiya etilmaydi, chunki tarkibida katta miqdorda qandlar va shovul kislotasi mavjud. Umuman olganda esa, anjir hech qanday asoratlarga olib kelmaydi va ushbu shirin dorini uzoq vaqt, masalan davomiy yo'talda (issiq sut bilan birga) yoki kamqonlikda qabul qilish mumkin.

Pishib yetilgan anjir mevasi juda nozik bo'lib, u olti soatdan uzoq saqlanmaydi. Shu bois yangi uzilgan anjir faqat yetishtiriladigan hududlarda iste'mol qilinadi, sanoat markazlariga transportirovka qilish uchun andir quritiladi va qoqlanadi. Quritish uchun to'liq pishib yetilgan mevalar tanlab olinadi. Quritilgan anjirning eng yaxshi sifatlisi, bu daraxtda qoqlanib uzib olingan mevalar hisoblanadi.


Manba: Maslahat.uz

Категория: Salomatlik | Просмотров: 2587 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]