23:29 Barmoqlardagi nuqtalar hikmati | |
"Sog'ligingiz barmoqlaringizda" Abu Ali ibn Sinoning yozishlariga qaraganda, inson ichki a'zolarining oynasi bu kaft va oyoq osti ekan. Qadimgi tabiblar kaft va oyoq osti chiziqlariga qarab odam ichki a'zosidagi kasalliklarni davolaganlar. Shiatsu usuli bilan davolovchi yapon mutahassislari, qo'l panjalari, ichki a'zolar va asosan bosh miya bilan mahkam bog'langanligini isbotlab berishgan. Masalan yurakning turli kasalliklari bilan qiynalayotgan kishilarni jimjilog'i doimo kuchsiz bo'ladi, bazan uning bukilishi yoki yozilishi qiyinlashib qoladigan paytlar ham ma'lum. Aksincha, jimjilog'iini mashq qildirib turish yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yapon shifokorlarini fikricha boshqa barmoqlar faoliyati ham muhim.Chunonchi nomsiz barmoqni baquvvat qilish jigar faoliyatini yaxshilaydi.O'rta barmoq esa yuqoriqon bosimini tushiradi va ichak faoliyatiniyaxshilaydi.Bosh barmoqqa tasir qilish bosh miya faoliyatini yaxshilab,irodani mustaxkamlaydi. Shuningdek kuchsiz hisoblangan ko'rsatkich barmoqni mustahkazon ishini,ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.Agar Shiatsu usulidagi tavsiyalar bo'yicha har kuni qo'l barmoqlaringizni chiniqtirib tursangiz,ko'pgina a'zolaringizsog'ayishi va mustahkamlanishi mumkin deyishmoqda mutaxassislar. Buning uchun chap qo'l barmoqlaringiz bo'g'inlarini o'ng qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan 5-7 laxza davomida bosib, cho'zib tortiladi. Avval bosh barmoqlardagi uchta juft nuqtalar orqa tomoni va kaft tomonidan bosib chiqiladi. Xuddi shuningdek chapqo'lingiz bilan o'ng qo'l barmoqlaringizni bosib chiqishingiz kerak. Maslahatlarim sizlarga foyda beradi degan umiddaman.fikr mulohazalaringizni kutib qolaman. Sizning fikringiz men uchun muhim ahamyatga ega. Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |