Главная » 2012 Dekabr 10 » DOLLAR: QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
22:01 DOLLAR: QALBAKISINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN? | |
AQSh hukumatining hisob-kitobiga qaraganda
har yuzta dollar banknotasining bittasi (1/100) qalbakidir. Nashr qilish
sohasidagi yaqin o’tmishda yuz bergan rivojlanish va juda katta
miqdordagi qalbaki dollarlarni hisobga olganda bu juda ham kichik hajmni
tashkil qiladi. Shuning
uchun ham AQSh Mahfiy Xizmati (US Secret Service) qalbaki dollarlar
haqidagi har qanday ishni diqqat bilan tekshiradi va shu yuzasidan ham
dollarni qalbakilashtirish yoki uni savdoga kiritishga harakat qilish
og’ir jazolar bilan siylanadi. Bundan tashqari dollar kupyuralarining
yuqori darajadagi xavfsizlik hususiyatlari tufayli uning qalbakisini
yasash juda ham mushkul ish hisoblanadi. Shuningdek, dollarni
qalbakilashtirish qanchalik qiyin bo’lsa, uni qalbaki yoki haqiqiyligini
aniqlash shunchalik osondir. Qo’lingizdagi dollarni quyidagi usullar
orqali haqiqiy yoki qalbaki ekanligini aniqlaysiz: 1) Dollar kupyurasining matnini qo’lingiz bilan his qiling.
Pul bilan ko’p muomalada bo’ladigan kassir yoki boshqa shaxslar past
sifatli yoki qalbaki dollarni shunday qo’lida ushlash orqali bilib
oladi. Sizda bunday qobiliyat yoki tajriba bo’lmasligi mumkin. Lekin
aksariyat shaxslar dollar ustida yozilgan matnlarga qo’llarini tekizish
orqali uni haqiqiyligini tekshirib oladilar. Birinchidan dollar
qog’ozlari ochiq savdoda sotilmaydi. Ikkinchidan qog’oz va siyohning
tarkibi mahfiy saqlanadi. Haqiqiy dollardagi siyoh tepaga qarab bir
tekisda surilgan bo’ladi va matni o’yib qog’ozga tushirilgan bo’ladi.
Ayniqsa qo’lingizda dollar kupyurasi yangi bo’lsa, siz uning matnini
qo’llaringiz bilan aniq sezasiz. 2) Dollarni boshqa dollar bilan solishtirish. Qo’lingizdagi
dollar sizga haqiqiy tuyulsa va siz ozroq ham shubxaga borayotgan
bo’lsangiz, uni boshqa dollar bilan solishtirib ko’ring. Haqiqiy dollar
va undagi tartib raqamlari boshqacha yozilgan bo’ladi. Shuning uchun u
ham 100 dollarlikni boshqa 100 dollarlik bilan solishtirish kerak 3) Dollar ustidagi nisbiy tekislik va qalbaki dollar ustidagi ma’lumotlar yetishmasligiga e’tibor bering.Nashr sifatiga e’tibor bering Haqiqiy
dollar shunday texnologiya yordamida nashr qilinadiki, uni oddiy
nashriyot uskunalari qila olmaydi. Dollar chekalaridagi noaniq
yozuvlarga e’tibor bering. Shuningdek Federal Zahira bankining
muhrlarining buzilmaganligiga e’tibor bering. Muhr juda ham aniq va
bo’rtib turishi kerak. Qalbaki dollardagi rasmlar tekis, hira bo’ladi. 4) Qog’ozdagi rangli tolalarga qarash kerak.
Barcha banknotalarda mitti qizil va moviy tolalar biriktirilgan.
Qalbakilashtiruvchilarni bazi hollarda bu tolalarni nashr qilish yoki
chizish orqali yasashga urinadilar. 5) Serial raqamlarini tekshirib ko’ring.Banknotalardagi
raqamlar o’zaro mos kelishini tekshirib ko’ring. Qalbaki dollarda
raqamlar orasidagi joy har tartibsiz yoki raqamlar bir qatorga
terilmagan bo’ladi. Agar ikkitadan ko’p shubxali banknotani ko’rib
qolsez, ikkalar kupyuradagi raqamlar bir hil ekanligini tekshirib
ko’ring. Agar ular bir hil bo’lsa, ular qalbaki hisoblanadi. 6) $1 va $2 dollarlikdan tashqari kupyuralarning xavfsizlik hususiyatlariga e’tibor bering.$5, $10, $20, $50 va $100 lik kupyuralardagi mavjud xavfsizlik hususiyatlarini tekshirib ko’rish kerak.
Manba: Uz-hayot.com | |
|
Всего комментариев: 0 | |