Главная » 2012 Dekabr 10 » GM Uzbekistan avtomobillarning narxini oshirdi
21:59 GM Uzbekistan avtomobillarning narxini oshirdi | |
GM Uzbekistan kompaniyasi O`zbekiston ichki bozorida avtomobillar narxini 12% dan 29% gacha oshirdi. Damas
avtomashinasining chakana narxi 29% ga, Matiz – 15% dan 22% gacha
(komplektatsiyasiga qarab), Spark – 20% ga, Lacceti – 12% dan 20% gacha,
Captiva – 16% dan 17% gacha va Nexia 9% dan 20% gacha qimmatladi, deya
xabar beradi Uzdaily. Damas mashinasining narxi komplektatsiyasiga qarab, 20.937 mln.so`m va 21.392 mln.so`mni tashkil etadi. 1
litrlik dvigatelga ega Matiz avtomashinasi endi 18.813 mln.so`mdan
19.699 mln.so`mgacha turadi, 0,8 litrli motorga ega mashina esa - $5969
dan $6910 gacha. Spark
avtomashinasini 22.704 mln.so`mdan 28.187 mln.so`mgacha, Captiva
avtomashinasini 79.924 mln.so`mdan 86.503 mln.so`mgacha, Nexia
mashinasini 24.261 mln.so`mdan 31,026 mln.so`mgacha sotib olish mumkin
bo`ladi. GM
Uzbekistan QK yopiq aktsiyadorlik jamiyati Lacceti mashinasining
narxini $14552,87 va $16814,97 - 50,624 mln.so`m atrofida qilib qo`ydi. Yaqinda
ishlab chiqarila boshlangan Malibu avtomobilining narxi esa $31257,87
dan $32303,38 gacha, ya`ni 95 mln.so`mni tashkil etadi. Manba: Uz-hayot.com | |
|
Всего комментариев: 0 | |