Inson boshqalar bilan bilan muloqatga kirishar ekan, o‘z gapini
o‘tkazish qandaydir ma'noda yuqori darajada turadi. Buni tashqi tarafdan
sezdirmasa ham ich-ichidan hohlab turadi. Ammo o‘z ta'sirimizni
o‘tkazish uchun, kimnidir xafa qilishimizga to‘g‘ri keladi. Axir
kimnidir gapingizga osonlikcha ko‘ndirishning o‘zi bo‘ladimi? Lekin
taniqli psixolog Deyl Karnegi insonlarga ularni xafa qilmasdan ta'sir
qilish yo‘llari, ularni sizning taklifiningizga bajonidil ko‘nishi
haqida dono maslahatlarini berib ketgan. Quyida sizlar uchun odamlarning
siz taklif etgan ishni bajonidil bajarishlariga erishishda qo‘l
keladigan 9 ta maslahat.
Masalahatlar:
- Tanqidni maqtovdan va suhbatdoshingizning qadr-qimmatini samimiy e'tirof etishdan boshlang.
Bu usul albatta sodda, lekin psixologik nuqtai-nazardan juda to‘g‘ri
edi. Biz o‘zimizga yoqmaydigan narsalarni u yoki bu fazilatlarimizni
maqtab aytilgandan keyin eshitsak osonroq qabul qilamiz. Chunonchi,
sartarosh ham soqolni olishdan oldin yuzlarimizni sovunlaydi.
- Boshqalar hatosini bevosita emas, balki bilvosita ko‘rsating.
Tushlik paytida Charlz Shvab o‘z zavodining sexlaridan biriga yurib
borar ekan, bir necha ishchilarning chekib turishganini ko‘rib qoladi.
Ular «chekish man etiladi» degan yozuvni tagida chekib turiishar edi.
Naxotki, siz Shvab ishchilariga tanbex bergan deb o‘ylasangaz E yo'q ,
aksincha. U ishchilarning oldiga boradi, har biriga bittadan sigaret
ulashib: «Yigitlar, agar siz sigaretni sexda chekmasangiz, men
sizlardan yana ham minnatdor bo‘lar edim», - deydi. Ishchilar bu yerda
chekish mumkin emasligini va intizomni buzishganini bilishar, lekin
ular Shvabdan hursand edilar. Chunki u bu haqida indamadi va buning
ustiga ularning qadr-qimmatini oshirib, xurmatga loyiq inson
ekanliklarini anglatdi.
- Dastlab o‘z hatolaringiz haqida so‘zlang, so‘ngra suhbatdoshingizni tanqid qilishingiz mumkin.
"Sen dunyoga kelishing bilanoq aqlli bo‘lib qolishing qiyin, albatta.
Buning uchun ko‘p vaqt o‘tishi kerak. Ammo sen mening 19 yoshimdagiga
nisbatan ancha aqlliroqsan. Mening o‘zim ham senday paytimda juda ko‘p
axmoqona hatolarni qilganman, shuning uchun ham seni yoki shu yoshdagi
boshqalarni tanqid qilishim, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin shunday bo‘lsa xam
mana bu ishni bunday ailmasang yaxshi bo‘lardi?» deyish lozim.
Bizni tanqid qilayottan odam o‘zi ham avliyo emasligini tan olishdan boshlasa, bu tanqid odatda bizga unchalik og‘ir botmaydi. - Suhbatdoshingizga buyruq o‘rniga, savol bering.
Ayni paytda bu usul odamning o‘ziga bo‘lgan mehrini oshiradi va o‘zining
qadr-qimmatini his qilishga undaydi. Bu usul har bir odamda qarshilik
o‘rniga, hamkorlik hohishini uyg‘otadi.
- O‘z obro‘larini saqlab qolish uchun odamlarga imkon bering.
Biz boshqa odamlarning g‘ururlarini qo‘pollik bilan ezamiz, o‘zimizning
aytganimizni qildirishga harakat qilamiz, boshqalarning hatolarini
axtaramiz, qo‘rqitamiz, bolani yoki xodimimizni begonalar oldida tanqid
qilamiz hamda ulardagi o‘zlariga bo‘lgan xurmatni hisobga olmaymiz.
Vaholanki, suhbatdoshimizga ajratailgan 1-2 daqiqalik e'tibor, 2-3 og‘iz
maqtov so‘zi, uning nuqtai-nazarini samimiy tushunish unga
keltiriladigan og‘riqning keskinligini yumshatishga sababchi bo‘ladi.
- Odamlarni kichkinagina yutuqlari uchun ham maqtang. Bunday maqtov o‘sha odamni o‘z vazifasini yanada yaxshiroq bajarishida ko‘maklashadi.
- Odamlarning obro‘sini joyiga qo‘yib muomala qiling.
Shunda ular siz ko‘rsatgan obro‘ga yarasha ish qilishadi. Agar Siz
biror odamni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz undagi u yoki bu xislat uning
eng buyuk hislatlaridan biri ekanligini bildiring. Shekspir: «Shunday
qilingki, Sizdan doim himmat taralib tursin, birovga siz ko‘rmoqchi
bo‘lgan xislat xaqikitdan ham unda bordek fikr yarating va bu fikrni
unga ochiqchasiga ayting.
- Rag‘batlantirishga intiling. Qilingan har bitta xatoni osonlik bilan tuzatish mumkindek munosabatda bo‘ling.
Agar siz bolaga, eringizga yoki xizmatchingizga doimo sen ahmoqsan yoki
to‘nkasan deb gapirsangiz, senda hsch qanday qobiliyat yo‘q, qilgan
ishing hamisha noto‘g‘ri deya ta'kidlayversangiz, ularda o‘z xarakterini
takomillashtirishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.
Agar Siz buning teskarisini qilsangiz chi? Rag‘batlantirishda hotamtoy
bo‘ling, oldingizda o‘tirgan suhbatdoshingizda u hal qila olmaydigan
hech bir muammo yo‘q degan taasurot hosil qiling, uning u yoki bu
masalani yecha olshiga qobiliyati va tug‘ma talanti borligini bildiring,
ana shundagina u yutuqqa erishish uchun kechalari uxlamasdan bo‘lsa ham
o‘sha muammoni yechish yo‘llarini qidiradi. - Siz taklif etgan ishni odamlar og‘rinmasdan, bajonidil bajarishlariga erishing.
Tomas Mann do‘stlari va o‘zi qaram bo‘lgan odamlarning iltimoslariga
qaramasdan nutq so‘zlashdan bosh tortar ekan. Lekin u buni shunday
ustalik bilan qilar ekanki, uning raddiyasini eshitgan odam huzur qilar
ekan. hamma gap shundaki, u xech qachon judayam bandman yoki boshqa bir
ishni qilishim kerak demas ekan. U, aksincha, bunday taklifga o‘z
minnatdorchiligini bildirib, uni qabul qila olmasligiga afsuslanib,
o‘rniga boshqa bir odamni tavsiya qilar ekan. Boshqacha aytganda, u
o‘ziga murojaat qilgan odam rad javobidan xafa bo‘lib qolmasligiga
intilar ekan.
|