Har kuni o‘qishga yoki ishga borib kelamiz, ba'zan esa kunimiz uyda
o‘tadi. Qayerda bo‘lmaylik odamlar bilan muloqatga kirishamiz. Ular
bilan suhbatlashamiz. Bu suhbatlardan ba'zan dilimiz quvonsa, ba'zan esa
kayfiyatimiz tushadi. Bizni xurmat qilishlarini, shaxs sifatida tan
olishlarini istaymiz. O‘zgalardan mehr kutamiz. Xo‘sh, bu narsalarga
erishishimiz uchun biz nima qilishimiz kerak? Qanday yo‘l tutishimiz
lozim?
Buning uchun biz avvalo ichimizdagi "MEN”imizni shakllantirib olishimiz
lozim, u bilan kelisha olshimiz kerak. Bu borada sizlarga taniqli
nemis psixologi Bodo Sheffer tomonidan berilgan maslahatlar yoram
berishi aniq.
7 qoida:
- Ko’zgu bo’lish qoidasi. Atrofimdagi odamlar - meni
ko’zgularim. Ular men o’zim sezmayotgan nuqsonlarimni ko’rsatib turadi.
Masalan, kimdir menga qo’pol muomala qilsa, demak, bunga o’zim
sababchiman, uni shunday muomala qilishiga o’zim yo’l qoyganman. Agar
meni kimdir qayta qayta aldasa, bunga ham o’zim sababchiman, shunki men
ishonuvchan odamman. Shunday ekan, birovlardan hafa bo’lmayman.
- Tanlash qoidasi. Hayotimda nimaiki yuz bersa,
hammasida o’zimning hissam bor - hoh yaxshi bo’lsin, hoh yomon. Agar
bugun men suhbatdoshimdan zeriksam, uni zerikarli odam deb hisoblasam,
demak men o’zim zerikarli va mijg’ovman. Aslida yomon va yovuz odamlar
yo’q - omadsizlar bor. Agar muammolarimni birovlarga aytgan bo’lsam va
bular haqida boshqalardan eshitsam, o’zimdan hafa bo’laman, ulardan
emas, demak buni o’zim hohlaganman. Shunday ekan boshqalardan norzi
bo‘lmayman. O’z taqidirimni ijodkori ham muallifi ham bu - O’ZIM.
- Xatolarni tan olish qoidasi. Har bir odam hato
qilishga xaqqi bor. Odamlar meni fikrlarimni va istaklarimni har doim
ham tan olishlari shart emas. Xaqiqiy dunyo faqat oq va qoradan iborat
emas, unda kulrang va nim qora ranglar ham mavjud. Men ham IDEAL
emasman, men shunchaki hamma qatori odam va men ham hato qilaman.
Asosiysi - hatoni vaqtida ko‘rish va uni to‘g‘irlash.
- Munosiblik qoidasi. Men nima qilayotgan bo‘lsam,
odamlar bilan bog‘liqmi yoki ish yo pul bilan bog‘liq bo‘lsin, buning
barida o‘zimning munosabatim asosiy o‘rinda turadi. Agar men o‘sha
odamni yaxshi ko‘ra olmasam, ularga mehr bera olmasam, ulardan mehr
kutishim noo‘rin. Shunday ekan meni birovlardan yaxshi muomala istashim
ahmoqlik bo‘ladi. Mehr kutish uchun – mehr berishim kerak. Qachon men
o‘zim o‘zgarsam atrofimdagilarni ham munosabati menga o‘zgaradi (Yaxshi
tomonga).
- Qaramlik qoidasi. Mendan xech kimni qarzi yo‘q.
Meni birovlarga muhtojligim ham yo‘q. Men o‘zim hammasini uddalay olaman
va boshqalarga ham yordam bera olaman. Boshqalarga yordam berish - bu
quvonch. Mehribon bo‘lish uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi
uchun esa inson o‘ziga ishonish kerak. Men esa o‘zimga ishonaman! Muhimi
YO‘Q demaslikni o‘rganish kerak.
- Mavjudlik qoidasi. Men shu yerda va hozir
yashayapman. O‘tmish yo‘q, chunki har bir soniya hozirimizga olib
keladi. Kelajak ham yo‘q, chunki u hali kelmagan. O‘tmish - siqilishga
sabab bo‘ladi, kelajak esa bezovtalikka! Shunday ekan hozringdan bahra
ol. Men HOZIR yashayapman, quvonishga imkon bor.
- Optimizm qoidasi. Biz mayda chuda narsalarni
orqasidan siqilguncha, umrimiz o‘tib ketib qoladi. Asosiysi, ko‘zimiz
ko‘ryapdi, qulog‘imiz eshityapdi, yuragimiz uryapdi, bundan qalbimiz
quvonayapdi. Bundan ham yomon bo‘lishi mumkin ediku. Shunday ekan
sog‘lom ekanligimizdan quvonib yashaylik. Har bir daqiqadan bahra
olaylik.
Ps: Bu hayot "Oldi-berdi” qoidasiga asoslanadi. Dehqon nima
eksa shuni o’radi. Salomga yarasha alik beriladi. E’tiborga e’tibor
bilan javob beriladi. Kimnidir sizga mehr berishini, sizi xurmat
qilishini istasangiz – buni o’zingizdan boshlang. So’ngra boshqalardan
kuting.
Manba: Maslahat.uz
|