Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Hayotda Omadli Bo’lish Uchun 8 Qadam…
21:13
Hayotda Omadli Bo’lish Uchun 8 Qadam…

Hayotda o'z o'rnimizni topish o'z qo'limizda, bizni qanday bo'lishimiz, har bir muvafaqiyatimiz o'zimizni harakatimizga bog'liq bo'ladi. Shu sababdan bugun sizlar uchun omadli bo'lishning sirlarini ochmoqchimiz.

8 qadam:

  • Juda ko’p rejalar tuzmang. Rejalar tuzish kerak, ammo xaddan ortiq emas. Agar ertaga kechqurun nima ish qilishingizni bilsangiz yaxshi, lekin siz 2 oydan keyin, birinchi jumasida soat 21.00 da nima ish qilishingizni qiyinchliksiz ayta olsangiz – bu endi me’yordan oshish deyiladi. Siz xechqanaqasiga ishingizni boshdan oyoq rejalashtira olmaysiz.
  • Yangi tanishlar ortiring. Qanchalik ko’p yangi odamlar bilan tanishsangiz, sizga hayot shunchalik qiziqarli bo’la boshlaydi. Har bir odam tuganmas ilim va bebaho tajriba manbasi hisoblanadi, ular bilan gaplashganda, har bitta odamdan nimadir o’rganishingiz aniq.
  • Ma’suliyatdan qo’rqmang. Faoliyatning qaysi sohasida bo’lishingizdan qat’iy nazar, boshqaruvni o’z qo’lingizga olishdan qo’rqmang. Ishxonada treyninglar va seminarlar tashkillashtiring, oilangiz davrasida esa sayrlar uyushtiring. Ma’suliyatni qanchalik ko’p o’z bo’yningizga olsangiz, o’zingizga bo’lgan baho shunchalik oshib boraveradi.
  • G’oyalaringizni yozib boring. Miyangizga biror bir fikr kelganda, uni shunchaki o’ylab o’tkazib yubormang, albatta uni qayerga bo’lsa ham yozib qo’ying. Shuning uchun doimo yoningizda qalam va bloknot olib yurin.
  • Seminarlarga qatnashing. Tez tez turli seminarlarga qatnashing, uchrashuvlarga boring, o’zizni qiziqtirgan turli mavzudagi treninglarda bo’ling. Bunday tadbirlardan siz juda ko’p bilimlar olasiz, yangi tanishlar ortirasiz.
  • Vaqtingizning ko’p qismini toza havoda o’tkazing. Uydan tez tez ko’chaga chiqib turing, do’stlaringiz bilan birga ovqatlaning, dimiqqan kafeda emas, ochiq havoda ta’maddi qiling. Toza havo miyangizni tiniqlashtiradi.
  • Soprt bilan shug’ullaning. Sport nafaqat jismoniy jihatdan yordam beradi, balki aqliy jihatdan ham ko’mak beradi. Agar har kuni soprt bilan shug’ullanishga o’zingizni majbur qila olsangiz, boshqa sohalarda ham ishingizdagi unumdorlikni his qilasiz.
  • "Hozir va shu yerda” shioriga amal qiling. O’zingizga yoqqan ish bilan shug’ullaning. Ish bilan shug’ullanayotganingizda, kelajak haqida ham emas, o’tmish haqida ham emas, ayni damda mashg’ul bo’layotgan ishingiz haqida o’ylang.

Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1980 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]