Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Juma, 26.04.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Ish qidirish
21:25
Ish qidirish

Hozirgi paytda ish topish oson emas, lekin "Harakat qilsang - baraka topasan", - deganlaridek, uni topishni ilojisi bor. Faqatgina, hammasi o'zimizga bog'liq. Bu maslahatda sizga ish topish bo'yicha maslahatlar berib o'taman.

Qadamba qadam maslahat

  • O'z imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda qaysi ishni uddalay olishingizni oldin o'ylab ko'ring.
  • Masalan siz ma'lum bir bilim yoki hunarga egasiz. Ingliz tilini mukammal bilasiz yoki soch turmaklashni yoki boshqa hunar qo'lingizdan kelar. Agar qo'lingizda hech bir ish kelmasa hali ham kech emas. Shahrimizda o'quv markazlari judayam ko'p. O'zingiz egallamoqchi bo'lgan kasb bo'yicha o'quv kursiga borib bilimingizni oshirsangiz bo'ladi.

    O'quv kurslar ro'yhati:

    Oquv kurslari

    Tel raqami

    Mashhura

    249 05 89

    COSMO SECRET

    158 52 52

    PRESTO-OPTIMUS MChJ

    385 70 91

    UIC-LANGUAGES FOR LIFE MChJ

    273 30 82

    Shu yerni bosib barcha o'quv kurslar ro'yhatini ko'ring


    Berilgan o'quv kurslarida siz qanchali darajada bilim va hunarga ega bo'lishingiz faqatgina o'quv markazi saviyasi va sizning harakatingizga bog'liq.

  • Agar ma'lum bir hunarga ega bo'lsangiz, matbuot tarqatuvchi shahobchalarda ko'pgina ish takliflari bo'yicha gazetalar sotiladi.

  • Ulardan:

    • Карьера плюс
    • Работа в Ташкенте
    • Частный сектор
    • Ташкентская неделя




    va boshqa shu kabi gazetalardan sotib oling va o'zingiz qiziqqan ishni qidirib ko'ring.

  • Internet to'rida ham ish takliflari mavjud veb-sahifalar kam emas.

  • Ulardan:

  • Ish bilan ta'minlovchi taklif qilinishingizdan oldin sizdan rezyume ya'ni ma'lumotnoma to'ldirishni yoki o'zingiz yozib yuborishingizni so'raydi. Shuning uchun hatosiz o'zingiz haqida toza qog'ozda kompyuterda yozilgan ma'lumotnoma yozing. Bir nechta nushada printerdan chiqartiring.

  • Ma'lumotnomada

    • Ism, familiya va sharifingiz.
    • Tug'ilgan sana va joy.
    • Qaerda tahsil olgansiz. Institut, litsey, kolledj, maktab, o'quv kurslari haqida ma'lumot bering
    • Qaysi tillarni bilishingiz.
    • Oldin ishlagan joyingiz.
    • Siz egallagan bilim yoki hunar.
    • O'zingiz haqida ma'lumot
    • shunga o'xshash ma'lumotlar berib o'tishingiz kerak.

    Shu yerni bosib rezyume uchun namunani ko'chirib oling.

  • O'zingiz istiqomat qiladigan tumanda mehnat birjasi mavjud. Ish topish bo'yicha ularga murojaat qilishingiz mumkin. Ma'lum vaqt ichida ish bilan ta'minlanasiz.
  • Ma'lumotnoma va ishxona telefon raqamlari bor. Endi qo'ng'iroq qilishingiz darkor. Qo'ng'iroq qilganingizda hushmuomala bo'ling va ikkilanmasdan aniq gapiring.

Ish topishda omad tilaymiz!


Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 4158 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]