Kechasi bilan uxlamasligingizga to’gri kelgandir, yoki bo’lmasa
tunda uyqungiz qochgandir. Xullas, ertalab uyquga to’ymaganingiz
ko’zlaringizdan ma’lum, kamiga ishga borsangiz ko’zingiz yumulib
ketyapdi. Bunday holatda nima qilish kerak? Yoki yozning jazirama
kunlarida kunning issiqligidan ish vaqtida lanj bo’lib, uxlagingiz
kelyapdi. Bunday vaziyatda qanday tetik o’tirishingiz mumkin? Shular
haqida batafsil quyida berilgan.
Uyquni qochirish yo'llari:
- Hidlardan foydalaning. Har qanday hid, hoh u yoqimli
bo’lsin, yoki yoqimsiz – barchasi uyquni qochirishda ko’maklashadi.
Keraksiz vaqti uyqungizni kelishi bartaraf etishda aromaterapiyaning
o’rni katta. Quyida berilgan yog’lar asab tizimini aktivlashtiradi,
charchoqni kamaytiradi. Uyqungiz kelganda ushbu yog’larni hidlasangiz
uyqungiz qochadi. Ular quyidagilar:
- Rozmarin
- Evkalipt
- Yalpiz (Ma’lumotlarga ko’ra, yalpizni hidlash charchoqni 15 %ga,
jahldorlikni 25 %ga kamaytirarkan, tetiklikni esa 30 %ga oshirarkan.)
- Kofe (Uni ichish emas, kofe donachalarini hidlash kerak.)
Albatta bu yog’lar hammaning ham ishxonasida yoki doim yonida
yurmasligi mumkin, ammo ularni dorixonalardan harid qila olasiz. Agar
harid qilishni imkoni bo’lmagan taqdirda, bu yog’lar o’rniga los’onli
nam sochiqchalar yoki hidli shamlar ko’maklashadi. Rozmarin va
yalpizning quritilganini har qanday dorixonadan topishingiz mumkin.
Undan bir chimdim olib, barmoqlaringiz bilan ezg’ilabhidlasangiz kifoya. - Massaj qiling. Uyquni qochirish uchun tananing quyidagi qismlarini yengil massaj qiling:
- Boshning tepa qismini
- Bo’yinning orqa qismini
- Qo’lning orqa tomonini (Bosh va ko’rsatkich barmoqlarning oralig’ini)
- Tizzaning orqa qismini
- Muz shiming. Agar siz muz shimsangiz, uxlab qolmasligingiz
aniq. Muz miyani butunlay tetiklashtiradi. Xatto kechasi yo’lga
chiqqaningizda, yoki juda qattiq charchaganingizda muz xaqiqiy
halaskorga aylana oladi.
- Noqulay o’tiring. Iloji boricha oyoqda turishga harakat
qiling. Agar o’tirishingiz shart bo’lsa, eng noqulay stulni tanlang.
Harakat qiling, o’tirgan o’rindig’ingiz sizga qulay bo’lMAsin.
- Badantarbiya qiling. Kompyuter qarshisida o’tirib
ishlashingiz – bu degani siz harakat qilmasligingiz kerak deganimasku!
O’tirgan joyingizda ham badantarbiya qilib turing, ayniqsa uyqu kelishni
boshlaganda.
- Qorningiz to’q bo’lmasin. To’q qorin - odamni yalqov
qilib, uyquni faollashtiradi. Shuning uchun to’yib ovqatlanmaslikka
harakat qiling. Uning o’rniga sizga ermak bo’ladigan narslar iste’mol
qiling. Masalan, olma, mayiz, pista, quruq mevalar. Ular ham qorin
to’ydiradi, ham sizni chalg’itadi.
- Tetiklashtiruvchi musiqa tinglang. Sho’x ashula kayfiyatni
ko’taradi, sizga quvvat beradi. Agar imkon bo’lsa qo’shiqni birgalashib
ayting. Faqat yodingizda bo’lsin: tinglayotgan qo’shig’ingiz
hamkasblaringizga halaqit bermasin.
- Chalg’ituvchi mashq qiling. Har 30 daqiqada quyidagilarni
bajaring:2-3 daqiqa xona ichida mashq qiling: turgan joyingizda
yugurishingiz, yengil sakrashingiz, yoki xona bo’ylab yurishingiz
mumkin.
- Muzdek suvdan foydalaning. Yuzingizga muzdek suv seping yoki sovuq suvda chaying. Muzdek suv iching.
- Saqich chaynang. Saqich chaynash yuz muskullarini
harakatga keltiradi, boshga qon quyulishi yaxshilanadi, sizni uyg’oq va
sergak o’tirishingizda ko’maklashadi.
Manba: Maslahat.uz
|