Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Ishbilarmon Ayol: U Qanday Bo’lishi Kerak?
11:23
Ishbilarmon Ayol: U Qanday Bo’lishi Kerak?
 

Ishbilarmon ayol- boshqa ayollardan farqi shundaki, bu har tamonlama hammaga o’rnak bo’la oladigan ayol hisoblanadi. U ham uyi ishlarini, ham ishxonadagi ishini birdek olib bora oladi. Rivojlangan davrda bunday uddaburon, ishbilarmon ayollarni tez-tez uchratib turamiz. Ammo ularning hammasini ham ishbilarmon deya olamizmi? Xo’sh, ishbilarmon ayolda qanday sifatlar mujassam bo’lgan bo’lishi kerak? Shu xususida bugun sizlar bilan suhbatlashamiz. Quyida berilgan tavsiyalar ayollarimizni ishbilarmon bo’lishida as qotadigan asosiy maslahatlardir.

Tavsiyalar:

  • Ishxonada hammaga ismi va sharifi bilan murojat qiling. Hozirgi zamonaviy ishxonalarda muhit norasmiy ko’rinishga o’tib ketgan. Tashrif buyurgan mijozlarga ham norasmiy tarzda muomala amalga oshiriladi. Siz esa mijozlarni ham ismi sharifi bilan chaqiring. Yaxshisi, ulardan sizni nima deb chaqirganim ma’qul, deb so’rasangiz, bu – ham iltifot, ham odoblilik qigan bo’lasiz.
  • Telefon orqali suhbatlarda suhbatni boshlashdan oldin o’zingizni ism-sharifingizni tanishtiring. Albatta , bu boshida biroz g’alati tuyulishi mumkin, keyinchalik bunday yo’l tutib, qanchalar to’gri qilganingizni tushunib yetasiz. Sababi, bunday tanishtiruv, qarshi tomondagi hamkorda siz bilan aloqani to’g’ri o’rnatishida asosiy kalit bo’lib beradi.
  • Tanishayotgan vaqtingiz, suhbat davomida odamlarning ismini eslab qoling. Bu nafaqat bir kishini ismini, balki sizga bir to’da odamni tanishtirsa ham, har birini ismini eslab qoling. Kishi uchun o’zining ismini eshitish juda muhimdir. Agar siz kerakli muhim mijoz bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, suhbat davomida uning ismini kamida 3 marta qaytaring.
  • Tabassum qiling. Birinchi ko’rishda tabassum qilish biznesda kam uchraydigan holatdir. Ammo siz tabbasum qiling. Aytishadiku, tabassum – olamni qutqaradi. Uchrashuv chog’ida yuzingizda tabbasumning turishi – sizning o’zingizga ishonganva kelishuvchan insonligingizdan dalolat beradi, shu bilan birgalikda, mijozingiz bilan aloqa o’rnatish anchayin yengil kechadi va sizga omad kulib boqadi.
  • Suhbatdoshingizning yuziga qarang. Suhbat boshlanishi bilan, uning ko’zlariga qarab tabassum qiling. Xonaga kirgan vaqtingiz, o’tirganlarning barchasiga salom bering va tabassum bilan yuziga qarab chiqing.
  • O’zingizga ishonch bilan odamlarni bir-birlari bilan tanishtiring. Ko’pchilik odamlar bu vazifani ya’ni bir-biriga tanishtirishni yoqtirishmaydi, sababi ular qanday qilib tanishtirishni bilishmaydi. Tanishtirish vaqtida, tanishtirmoqchi bo’lgan kishingizning ismi sharifi, qayerda ishlashi va lavozimi aytib o’tasiz.
  • Kiyiminizga e’tibor bering. Kiygan kiyimingiz va soch turmagingiz o’ta bayramona bo’lmasligi kerak. Libosingiz yaltiroq toshlardan, gullardan holi bo’lishi lozim. Sochingiz esa sipo, ammo o’ta oddiy ham bo’lmasin.

Aytingchi, sizningcha ishbilarmon ayol yana nimalarga amal qilishi kerak?


Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1472 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]