Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 19 » Ishdagi O’sishning 7 Ta Oddiy Qoidasi
23:23
Ishdagi O’sishning 7 Ta Oddiy Qoidasi

Necha yillar o’tsa ham halliyam oddiy ishlarni qilib yuribsizmi? Ishingizda o’zgarish bo’lmayapdimi? Agar javobingiz "ha, huddi shunday” bo’lsa, avvalo o’zingizga savol bering, o’zingiz o’zgarayapsizmi? Yoki o’z qobig’ingizga o’ralashib qolganmisiz?
Hademay yangi yil kirib keladi, quyidagi maslahatlarni o’qib, ularga amal qilib, hayotingizga o’zgartirish kiriting.

Maslahatlar:

  • Ishdagi yaqin dugonangizda yoki do’stingizdan o’zingizda nima kamchilik borligi haiqda so’rang va uni to’girlashga harakat qiling. Aks holda sizning gapirmasdan o’zingizni tutishingiz va xatti-harakatingiz nafqat o’zingizga bo’lgan ishonchsizlikni balki, qilayotgan ishingizni ham uddalay olmayotganingizdan darak beradi.
  • Hamma ishni o’zingiz qilishga harakat qilmang. Atrofingizdagi yordamchilar va tajriba ortirayotganlar oddiygina qog’ozlarni titish va fayllarga solishni sizsiz ham uddalaydilar, yaxshisi siz ko’zga ko’ringan va ma’suliyatli ishlarni qilling.
  • Ishxonangizdagilar bilan orzu va maqsadlaringizni muhokama qilmang. Agar kompaniyangizda siz hohlagan ish o’rni bo’shab qolsa, bunga istagingiz borligi haqida boshlig’ingizga ayting.
  • Siz har doim tashqi ko’rinishingizga e’tiborli bo’ling. Qish kunlari loy va chang oyoq kiyim yoki tirnog’ingizdagi chaplangan laklar atrofingizdagilarda siz haqingizda yomon taasurot qoldirishlari mumkin.
  • Ishdan erta ketmang. Ishda qanchalik ko’p o’tirib ishlaringizni qilsangiz, shunchalik ishingizda unumli bo’ladi, shu sababdan uyga ketishga shoshilmang.
  • O’qing, o’rganing va sohangizga tegishli yangiliklar bilan tanishing.
  • Umumiy qiziqishlaringizni bo’lishing. Agar boshlig’ingiz bilan suhbatlashayotgan bo’lsangiz, "Bugun konferensiyada bitta qizni ko’rdim, juda yaxshi mutaxassis ekan, balki u bizga kelajakda kerak bo’lar.” Kabi umumiy takliflarni o’rtaga tashlang. Siz bu bilan nafaqat o’zingizni, balki kompaniya kelajagini o’ylayotganingizni bildirasiz.


Manba: maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1369 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]