Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Ishdan Haydalishingizning 10 Alomati
21:18
Ishdan Haydalishingizning 10 Alomati

Biz bugun nimaga aynan shu mavzuda ma’lumot berayotganimizga hayron bo’layotgandirsiz? Bu maqola bilan biz sizlarga ishda nimalarga e’tiborli bo’lishingiz haqida aytib o’tmoqchimiz.
Ishdagi o’sish yoki ishdan haydalish barchamizga birday ta’sir qiladi. Ishdan haydalish nafaqat ishchiga ta’sir qiladi, balki ish beruvchilarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi — chunki bularning barchasi katta xarajat talab qiladi-da. Bundan esa qochish mumkin. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.

Maslahatlar:

  • Hech qanday rejaga ega bo‘lmaslik. Barcha muvaffaqiyatga erishgan insonlar kallada yoki qog‘ozda aniq hayotiy rejaga ega bo‘lishadi. Ular rejani yaratishadi, o‘zgartirib turishadi va unga tez-tez murojaat qilishadi.
  • O‘z mahorati va ko‘nikmalarini zamonga moslamaslik. Biznes muhit doim o‘zgarib turibdi va ish o‘rinlariga taklifdan ko‘ra talab ko‘proq. O‘z hamkasblaringiz va lavozimingizga nomzodlar bilan bir qatorda bo‘lmaslik — falokatning o‘zginasi.
  • Biror natija taqdim etmaslik. Biznesdagi g‘oliblar bilishadiki, har qanday narsa e'tiborga olinadi. Nimalargadir erishganini yashirgan inson sarflagan sa'y-harakatlarining natijasidan qat'iy nazar, "qator”dan tushib qolishadi.
  • Tezkorlik va mehnat mahsuldorligini almashtirish. Kimdir elektron pochta orqali gaplashish atrofdagilar bilan muloqotga kirishning o‘rnini bosa oladi, deb hisoblasa, u zamonaviy to‘liq avtomatlashtirilgan va texnologik jarayonda jonli muloqotning nechog‘lik muhim ekanligini anglamas ekan. Vaziyat tug‘ildi deguncha shaxsiy muloqotga kirishish — har qanday xodim muvaffaqiyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.
  • O‘rnimni bosa oladigan odam yo‘q, deb hisoblash. Ish joyida "primadonna”larga o‘rin yo‘q. Bu ishni faqat va faqat mengina ko‘ngildagidek bajara olaman, deb hisoblay boshladingizmi, bas, yulduzingiz so‘na boshlaydi.
  • Barcha savollarga javobni bilish. Bilim — kuch, degan eski maqol bor. Agar inson o‘zini dunyodagi barcha savollarning javobini biladigandek tuta boshlasa, bu uning karyerasi o‘sishiga albatta salbiy ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. G‘oliblar esa yangi yondashuv va g‘oyalarni o‘rganishdan to‘xtashmaydi.
  • Atrofga laganbardorlarni to‘plash. "Omadsizlar” o‘zlarining qanchalik dono va aqlli ekanliklarini (buning haqiqat yoki yo‘qligidan qat'iy nazar) dam-badam takrorlab turuvchi insonlarni yaxshi ko‘rishadi. Muvaffaqiyatli menejerlar va mutaxassislar esa boshqalarning aqli-farosati va ishga ijodiy yondashuvini rag‘batlantirishadi.
  • Boshqalarning "qarzi”ni berishni unutish. Garchi umumiy ishda boshqa hamkasblarning ham xizmati borligiga qaramasdan, "omadsizlar” muvaffaqiyatli ishlar uchun barcha maqtovlarni o‘zlarining hisobiga yozib qo‘yishadi. G‘oliblar esa yordam bergan insonlarni hech qachon eslaridan chiqarishmaydi. Omadsizlar esa keyinroq albatta ekkanini o‘rishadi.
  • O‘zni ilgari sura olmaslik. Maqtanchoqlik — boshqa narsa, konkret misollar, natijalar va shunga o‘xshash vositalar orqali hamkasblariga shaxsiy muvaffaqiyatini bayon etish — umuman boshqa narsa. "Omadsizlar” boshqalarga o‘z muvaffaqiyati haqida darak berish nechog‘lik muhim ekanligini tez-tez unutishadi, yoki bunga panja ortidan qarashadi.
  • Istiqbolni yo‘qotish. Ichki sezgisi rivojlangan ishbilarmon kishilar hamma narsani to‘g‘ri bajarishga bo‘lgan urinishlariga qaramasdan, ba'zida to‘siqlarga duch kelib qolishlari mumkinligini juda yaxshi anglashadi. Shunda ular yaqin do‘sti, hamkasbi yoki biznes-hamkoridan maslahat so‘rashadi. O‘zining nuqsonlarini anglay olmaygan insonlar ishsizlikka mahkumdirlar.

Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1079 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]