Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Ishlarga ulgurmayapsizmi?
21:24
Ishlarga ulgurmayapsizmi?

Biz har doim ishga ulgurmayotganimizdan norozi bo’lamiz, ko’nglimiz to’lmaydi. Vaqt yetishmasligidan arz qilamiz. Quyida berilgan oltin qoidalar sizni kunlik ishnigizni unumli bo’lishda, qancha vaqtdan beri ulgurmayotgan ishlaringizga ulgurishingizda ko’maklashadi.

Oltin qoidalar

  • Yaxshi mehnat ko‘nikmasi: o‘z ish stolingizni hozir hal qiladigan muammoga aloqador bo‘lmagan barcha qog‘ozlardan bo‘shating.
    Turli-tuman masalalarga doir qog‘ozlar bilan qalashib yotgan yozuv stolini bo‘shatib, faqat zudlikda hal etilishi zarur bo‘lgan qog‘ozlarni qoldirgan kishi o‘zini ishi yengil va samarali deb hisoblaydi.
    Agar siz Vashingtondagi kongress kutubxonasiga kirsangiz, shiftda yozilgan so‘zlar diqqatingizni tortadi. Bu so‘zlar shoir Popga tegishlidir: «Tartib - koinotning birinchi qonuni». Tartib shu tarzda ish fao¬liyatining ham birinchi qo¬nuni bo‘lishi kerak. Aslida shundaymi? Yo‘q, o‘rtacha ishbilarmonning stolida qog‘ozlar qalashib yotadi, hafta davomida unga bir bor qarashga ham fursat topmaydi. Haqiqatdan ham, Yangi Orleon gazetasi noshiri menga bir paytlar gapirib berishiga ko‘ra, uning kotibasi stollardan birini tartibga keltira turib, ikki yil avval yo‘qolgan yozuv mashinkasini topib olgan ekan!
    Javobsiz xatlar, ma'ruza va esdalik yozuvlari bilan to‘lib-toshgan stolning birgina ko‘rinishi ham sarosimalik, asabiy taranglik va bezovtalikka sabab bo‘ladi. Lekin hali «millionlab ijro etilmagan ishlar hamda ularni bajarish uchun vaqt yetishmasligi haqida» hadeb eslayverishning o‘zi sizda faqat ruhiy taranglik va charchoqni emas, balki qon bosimi oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va oshqozon yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Ajoyib mehnat ko‘nikmasi: ishni ahamiyatiga qarab tartib bilan bajaring.
    Shaharlararo xizmat ko‘rsatuvchi umummilliy kompaniya asoschisi Genri L.Doxerti aytganidek, qanday maosh to‘lanmasin, ikki qobiliyat unga deyarli aniqlanmaydiganday bo‘lib tuyulgan.Gap ikki qimmatli qobiliyat to‘g‘risida bormoqda: birinchidan, fikr yuritish qobiliyati, ikkinchidan, ishning zarurligiga qarab bajarish qobiliyati.
    Charlz Lakman, bu yigit hech narsasi bo‘lmay turib, o‘n ikki yil davomida «Pepsodent» kompaniyasi prezidenti lavozimigacha ko‘tarildi. Har yili yuz ming dollar oladigan, shu bilan birga yana million dollar ishlaydigan bu yigit aytadiki, mazkur muvaffaqiyatlarning ko‘piga, Genri L.Doxerti so‘zlariga ko‘ra, hech qachon topib bo‘lmaydigan ana shu ikki qobiliyat tufayli erishgan. Charlz Lokman shunday deydi: «Men anchadan beri har kuni ertalab soat beshda turishni odat qildim, chunki bu paytda bosh¬qa vaqtga nisbatan yaxshiroq o‘ylayman, shu davrda men yaxshi o‘ylab va ma'qul tarzda rejalashtiraman, ishning zarurligiga qarab reja tuzaman».
  • Ajoyib mehnat ko‘nikmasi: agar oldingizda biror muammo ro‘baro‘ kelsa, uni tezlikda hal eting, qarorni qabul qilish uchun dalillar yetarli bo‘lsa, qarorni orqaga tashlamang.
    Sobiq tinglovchilarimdan biri, hozir marhum X.P.Xauellning menga hikoya qilishiga ko‘ra, u «Yu.S.stil» po‘¬lat quyish kompaniyasi bosh¬qaruvi a'zosi bo‘lgan paytida kompaniya majlislari ko‘pincha cho‘zilib ketgan. Unda juda ko‘p muammolar muhokama etilgan va qarorlar kam qabul qilingan. Natijada boshqaruv a'zolarining har biri ko‘rib chiqish uchun bir necha taxlam ma'ruzalarni olib ketishgan.
    Axiyri janob Xauell bosh¬qaruv a'zolarini har safar faqat bitta muammoni ko‘rib chiqish va uni hal etishga ishontirdi. Hyech qanday paysalga solish, hech qanday orqaga tashlash yo‘q. Qaror qabul qilish qo‘shimcha dalillarni izlab ko‘rishni talab etishi mumkin edi, qandaydir harakatni belgilashni taqozo etar yoki hech qanday chora qabul qilinmasdi. Lekin biror muammo ham oldingisidan qaror qabul qilinmay ko‘rilmasdi. Janob Xouelning menga aytishiga ko‘ra, natijalar g‘oyat diqqatga sazovor va samarali bo‘lgan; muhokamaga qo‘¬yilgan kun tartibi oxiriga yetgan. Muddati o‘tib ketgan hujjatlar bo‘lmagan. Boshqaruv a'zolari endi uylariga ma'ruzalar taxlamlarini olib ketmaydilar. Va ular yechilmagan muammolar bo‘yicha ta'kid etuvchi bezovtalik hissidan qutilganlar.
    Mazkur qulay qoida faqat «Yu.S.stil» kompaniyasi bosh¬qaruvi uchun emas, balki siz va men uchun ham juda zarurdir.
  • Ajoyib mehnat ko‘nikmasi: ishni tashkil etishni, mas'uliyatni zimmaga olishni va nazoratni amalga oshirishni o‘rganing.
    Ko‘pgina ishbilarmon kishilarning ajalidan besh kun burun ketishlariga sabab shuki, ular mas'uliyatni tegishli kishilarga taqsimlamay, barcha ishni o‘zlari amalga oshirmoqchi bo‘ladilar. Natija-chi? Odam barcha ikir-chikirlar ichida gangib qoladi, chalkashlik paydo bo‘ladi. Uni doimiy sarosimalik, bezovtalik, vahima va zo‘riqish egallab oladi. Mas'uliyatni zimmaga olish og‘irligini bilaman, albatta. Bu men uchun ochiqdan-ochiq og‘ir, juda og‘ir. Shaxsiy tajribamdan shuni bilamanki, mas'uliyat tasodifiy kishilar zimmasiga yuklanganida, qanday falokatlarga olib kelgani ma'lum. Ammo har qanday og‘ir bo‘lmasin, mas'uliyatni birovlar zimmasiga yuklashni ma'mur hal etmog‘i lozim, agar bezovtalik, asabiylik va charchoqdan xalos bo‘lsin, desa.
    Yirik korxona yaratgan kishi uning faoliyatini tashkil etish, mas'uliyatni taqsimlash va nazoratni o‘rnatishni o‘rganmas ekan, odatda ellik-oltmish yoshida yurak og‘rig‘i kasalligiga uchraydi, asabiylik va bezovtalikka giriftor bo‘ladi. Aniq misol kerakmi? Mahalliy gazetangizdan o‘lim haqidagi xabarlarni o‘qib chiqing. Buning isbotini ko’rasiz.

Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1051 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]