Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

chorshanba, 17.04.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 5 » Kimga Nima Sovg’a Qilish Kerak?
22:46
Kimga Nima Sovg’a Qilish Kerak?


Yaqinlaringizni tavvalud ayyomiga sovg’a tanlashga qiynalayapsizmi? Nima tanlasam ekan deb boshingiz qotyapdimi? Unda siz quyida berilgan testni ishlab ko’ring. Bu test kimga qanday sovg‘a tuhfa qilishni aniqlashga ko‘mak beradi. Bu test natijalari ham ayollarga, ham erkaklarga taalluqlidir.

Savollar:

1. Suyukli kishingiz qanday kiyinadi?

A) Har kuni xuddi bayramdek: chiroyli va tantanavor.
B) Oddiy, o‘zi uchun qulay bo‘lgan to‘q rangli kiyimlarni yoqtiradi.
V) Ishga - ishbop, mehmonga - qimmatbaho va jozibali kiyimlar kiyadi.

2. Pullarini nimaga sarf qiladi?
A) Asosan chiroyli kiyimlarga, sog‘ligi va vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishga.
B) Kitoblarga, kinoga, o‘zi juda yoqtirgan narsalarga.
V) U juda tejamkor inson. Eng kerakli va zarur narsalargagina sarf-xarajat qilishni istaydi: yeguliklar, uy jihozlari, ta'til deganday...

3. Yolg‘iz qolganida nima bilan mashg‘ul bo‘ladi?
A) Telefonda do‘stlari bilan valaqlashadi yoki internetda ishlaydi.
B) U uchun har doim shug‘ullanishga narsa topiladi. O‘qiydi, kino ko‘radi, kompyuterda o‘ynaydi, tikish bilan shug‘ullanadi.
V) Televizor ko‘radi yoki biror shirinlik tayyorlaydi.

4. Dam olish kunini qanday o‘tkazadi?
A) Hyech narsani rejalashtirmaydi, lekin quvnoq kechalarda o‘tkazishni istaydi.
B) Biror madaniycha dam olishni rejalashtiradi va uni reja bo‘yicha o‘tkazadi.
V) An'ana va urflarga asoslanadi: har shanba kuni oilaviy biror joyga boradi va buni hech qachon o‘zgartirmaydi.

5. Omadli inson bo‘lish u uchun nima?
A) Hayotini quvnoq va foydali o‘tkazish.
B) O‘z kasbining bilimdoni bo‘lishga harakat qilish.
V) Ko‘p puli bo‘lishini istash.

Natijalar:

Agar «a» variantini ko‘proq tanlagan bo‘lsangiz, sizning odamingiz «Ko‘zga tashlanarli», agar «b» ko‘p bo‘lsa — «Mulohazakor», agar «v» ko‘p bo‘lsa — «Oilaparvar».

«Ko‘zga tashlanarli» odam:

Bundaylarga chiroyli sharoitda yashash yoqadi. Shuning uchun undaylar chiroyli guldonlar, surat, albom, san'at asarlari... Xullas, uy ko‘rinishiga chiroy beradigan narsalardan sovg‘a olishni yoqtirishadi.Ular mehmon kutishni yaxshi ko‘rishadi va chiroyli idish-tovoqlar ham joni-dili.

«Mulohazakor» odam:

Bundaylar murakkab bulishadi. Undaylar juda ishga berilgan bo‘lishadi. Undaylarga ishi bilan bog‘liq sovg‘a bersangiz, juda xursand bo‘lishadi. Ular kitob o‘qishni yoqtirishadi. Shuning uchun kitob ham yaxshi sovg‘a bo‘la oladi.

«Oilaparvar» odam:
Bundaylar uchun birinchi navbatda oila. Ayol kishiga idish-tovoqlar, erkakka uy yumushlarida kerak bo‘ladigan asboblar sovg‘a qilsangiz, juda mamnun bo‘lishadi. Ular uchun gilam, chinni idishlar, oltin... juda ajoyib sovg‘alar hisoblanadi.



Manba: Maslahat.uz

Категория: Psixologiya | Просмотров: 1612 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]