Go’zal va latofatli bo’lishni har birimiz hohlaymiz, ammo buning
uddasidan hammamiz ham chiqavermaymiz. Lekin aslida, buning hammasi
bizning o’zimizga bog’liq. Latofatli va suyukli bo’lish borasidagi
bugungi maslahatimiz dunyoga mashhur bo’lgan KOKO Shaneldan bo’lib,
bularni barchasini o’z hayot tarzingizga kiriting va hayotda omadli ayol
bo’ling.
Koko Shanel maslahati:
1. Har bitta qiz ikkita narsani yaxshi bilishi kerak: nimani va kimni hohlayotganini.
2. Qizbolani ishi qanchalik yomonlashsa, tashqi ko’rinishi shunchalik yaxshi ko’rinishi kerak.
3. Ayollarning ruhiyati ularning yozuviga ko’ra ko’proq narsani anglatadi.
4. Mayda chuyda pullarini uchun alohida cho’ntagi va hamyoni bor
yigitlar bilan gaplashmagan ma’qul, ular juda maydakash bo’ladi.
5. Xunuk ayollar bo’lmaydi, o’ziga qaramaydigan va dangasa ayollar bo’ladi.
6. Ayollar turmushga chiqmaguncha, kelajaklardan havotirda yurishadi.
Erkaklar esa uylanmaguncha kelajaklari haqida o’ylashmaydi.
7. Go’zal bo’lish uchun, avvalo qalbni go’zal qilish lozim, aks holda yurakka va qalbga xech qanday kosmetika yordam bermaydi.
8. Bo’yanmaydigan ayollar, o’zlariga o’ta katta baho beradigan ayollar hisoblanishadi.
9. Xech kim 40 yoshdan keyin yosh hisoblanmaydi, ammo biz ayollar har
qanday yoshda ham yosh ko’rina olishimiz mumkin, bu o’zimizning
qo’limizda.
10. Hammasi o’z qo’limizda, shuning uchun yaxshi narsalarni o’tkaib yuborish yaxshi emas.
11. Qarish sevgidan himoya qila olmaydi, lekin sevgi qarilikdan himoya qila oladi.
12. Kiyinish usllubingiz sizni boshqalardan ajratib turadi, meni omadli
bo’lishimda ham manashu narsa muhim o’rin eggalagan. Men doimo hammadan
ajrallib turganman.
13. Qiz bolaning qo’llari – uning tashrif qog’ozi, bo’yni esa pasporti. Buni yodingizdan chiqarmang.
Manba: maslahat.uz
|