11:25 Muloqatga Kirishishga Qiynalasizmi? | |
Insonlar o’zgalar bilan muloqatga kirishishda ba’zan juda qiynaladi. Ular bilan turli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarning quyidagilarini farqlaydilar: psixologik, vaziyatli, mazmuniy va motivatsion to‘siqlardir. Psixologik to‘siq — bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tushunilmay qolishdan qo‘rqish, u tomondan inkor etilish va kalaka qilinishdan yoki keskinlikdan qo‘rqish, eng ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo‘pollik bilan javob berilishi mumkinligidan xavotirlanish kabilar tufayli intellektga oid, mehribonlikka oid, kuchga oid shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi, o‘ziga hos ichki psixik tormozdir.<?p> Vaziyatli to‘siqlar — bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha tushunishlari, unga turlicha yondashishlari bilan bog‘liq. Mazmuniy to‘siqlar — odatda suhbatdoshini tushunmaganlik tufayli, uning mazkur jumlasi qanday ma’noda aytilgani, u qanday fikrni ilgari surayapti, nimani nazarda tutayapti, nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga keladi. Motivatsion to‘siqlar — shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda gapirayotgan odam yo o‘zi bayon qilayotgan fikrning motivini yetarlicha anglay olmaydi yoki u atayin ularni (asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Bulardan tashqari muloqotga to‘siq bo‘lib, suhbatdoshlarni psixologik madaniyatlilik nuqsonlaridan biri, ya’ni ularning na eshitishni va na tinglashni bilmasligi, «teskari aloqaning» yo‘qligi xizmat qilishi mumkin. Odamlar o‘rtasidagi suhbat ko‘pincha ularda aqlning yetishmasligi tufayli emas, balki ularning xudbinligi tufayli: har biri o‘zi haqida yoki o‘zini qiziqtiradigan masalalar haqida gapirishga intilishligi tufayli kutilganidek amalga oshmay qolishi mumkin. Oqibatda bitta «aqlli» dialog o‘rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog amalga oshadi. Shuning uchun ham muloqotga, suhbatlashish san’atiga o‘rganish, ijtimoiy-psixologik madaniyatni egallash, o‘zi, o‘z kayfiyati va hissiyotlarini boshqara olish, bilim va malakalarini ishlab chiqish, o‘z gapi bilan suhbatdoshini qiziqtira olish qobiliyatini rivojlantirishga erishish kerak. Biroq, buning uchun birinchi navbatda har qanday muloqotning umumiy qoidasi: boshqa odamlarning, o‘z suhbatdoshlarining ehtiyojlari, xohishlarini qondira oladigan odamgina hurmatga erisha olishligini yodda tutishi lozim. Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |