11:44 Mushaklaringiz Qay Darajada? (Test) | |
Sport bilan shug'ullanuvchi yugitlarimiz uchun mushaklarning ko'rinishi alohida ahamiyat ega. Uning qanchalik baquvvat bo'lishi, shunchalik kuchlilikdan dalolat beradi. Siz ham mushaklaringiz qay darajada ekanligingi bilsizmi? Buni bilishni istaysizmi? Agar javobingiz ijobiy bo'lsa, quyida test siz uchun. Savollar:1. Jismoniy mashqlardan so‘ng mushaklaringiz og‘riydimi? a) ha (20 ball) b) ba’zan yoki hech qachon (40 ball). 2. Velosiped haydab ketayotib, oyoqlaringiz og‘riydimi? a) hamisha (20 ball) b) gohida (30 ball) v) hech qachon og‘rimaydi (40 ball). 3. Ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatiga piyoda chiqsangiz, oyoqlaringiz og‘riydimi? a) ba’zida (20 ball) b) og‘rimaydi (30 ball). 4. Suvda suzsangiz, velosipedda sayr qilsangiz qo‘l, yelkalaringizda og‘riq sezasizmi? a) tez-tez shunday bo‘lib turadi (20 ball) b) goho (30 ball) v) yo‘q (40 ball). 5. Qo‘llaringizni yuqori ko‘targan holda sira qiynalmasdan qandaydir mashqlar bajara olasizmi? a) ha (30 ball) b) yo‘q (0 ball). 6. Mushak spazmasiga yo‘liqib turasizmi? a) ha (10 ball) b) yo‘q (20 ball). 7. Ko‘chada 3-4 soat sayr qilganingizdan so‘ng tanangizda charchoq sezasizmi? a) ba’zan (20 ball) b) ha (0 ball). 8. Jismoniy zo‘riqishdan so‘ng 2-3 soat o‘tgach, belingizda og‘riq sezasizmi? a) ha (10 ball) b) ba’zida (20 ball) v) yo‘q (30 ball). 9. "To‘pponcha” mashqini bajarib ko‘ring. Ya’ni bir oyoqda o‘tirib, ikkinchi oyoqni oldinga cho‘zing. Qo‘lingizni ishlatmang. Xo‘sh, bu mashqni qanday ado etdingiz? a) muvaffaqiyatli chiqdi (40 ball) b) o‘tirishga o‘tirdim, ammo muvozanatni yo‘qotdim (30 ball) v) qo‘lni ishga solishga majbur bo‘ldim (20 ball) g) bajara olmadim (0 ball). NATIJALAR:200 dan 270 ballgacha. Mushaklaringiz juda yaxshi holatda. Sportning har qanday turi bilan shug‘ullanishingiz mumkin. 100 dan 190 ballgacha. Mushaklarni rivojlantirishingiz zarur. Buning uchun sizga gantel, shu jumladan, voleybol, basketbol asqotishi mumkin. 90 va undan kam ball. Afsuski, mushaklaringiz juda mo‘rt va siz jismoniy tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanishingiz kerak. Gimnastik mashqlarni ko‘proq bajaring. Faqat organizmni zo‘riqtirib qo‘ymang. Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |