22:39 Oilangizda Muloqot Qanday?» Testi | |
Hurmatli ota-onalar! Siz o‘z oilangizda qaysi muloqot uslubi mavjud ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi testsavollariga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob bering. Savollar:1. «Men onaman (otaman), menga hamma narsa «mumkin» yoki «Men aytdimmi, demak shunday bo‘ladi» degan jumlani ayta olasizmi? Olingan ma’lumotlar tahlili:Agar siz hamma savollarga ijobiy javob bergan bo‘lsangiz, sizning oilangizda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukm suradi. Agar juda bo‘lmaganda uchta savolga «yo‘q» deb javob bergan bo‘lsangiz, demak hali umid bor, ko‘p narsa yo‘qotmagansiz, yoshingizdan qat’i nazar nimalarnidir o‘zgartirish mumkin. Agar javoblaringizning yarmi salbiy bo‘lsa, siz demokratizmga moyilsiz, charchagansiz, dam olishingiz kerak. Siz asabiy va jahldorsiz, lekin umuman olganda to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayapsiz. O‘zingizni tekshirib ko‘ring va yangi hayotni boshlang. Boshlanishi uchun juda bo‘lmaganda bitta pozitsiyani o‘zgartirishga harakat qiling, masalan uydan ketayotib o‘z yaqinlaringiz bilan muloyim xayrlashishga, ularga muvaffaqiyat, yaxshilik tilashga harakat qiling. Kichkina yoki o‘smir bolalaringiz oldida turmush o‘rtog‘ingizni o‘pib qo‘yishdan uyalmang. Bu norma, normadan og‘ish emas. Ammo bu bilan oiladagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etishga yo‘l ochilgan bo‘ladi. O‘zingizni oilangiz a’zolari, hatto bolalaringiz bilan ham maslahatlashishga o‘rgating. O‘zingiz yakka qaror qabul qilmang, siz shu zahoti yashash osonlashganini his qilasiz. Bularning barchasi oiladagi nizolarni bartaraf etishda katta rol o‘ynaydi. Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |