Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Professional Bo’lishni Istaysizmi?
21:16
Professional Bo’lishni Istaysizmi?

Siz ishi ko’p, vaqti tig’iz odamsiz. Ko’p narsaga ulgurmay qolasiz, yoki berilgan vazifani nogahon chala bajarib o’zingizni urshishga tushasiz. Yoki chuqur bilimdon va yuqori intellekt sohibi bo’lsangiz ham, baribir ishingiz ko’ngildagidek bitmay, dilingiz hira bo’laveradi. Bunday noqulay vaziyatlarga tushmaslik uchun nafaqat o’zingiz egallagan sohani yaxshi bilishingiz kerak bo’ladi, balki haqiqiy professionalga xos bo’lgan qator xususiyatlarni o’zlashtirishingiz va dunyo tan olgan etiket qoidalariga amal qilishingiz lozim bo’ladi. Quyida biz siz uchun professionallik darajasiga chiqishingizga ko’maklashadigan bir necha tavsiyalarni berganmiz. Ularni o’qing va amal qilib, haqiqiy professionalga aylaning.

Tavsiyalar:

  1. Qo’l berib ko’rishini o’rganing. Erkaklarni qo’l berib ko’rishishini to’gri tushunsa bo’ladi, ammo bizda ayol kishiga qo’l berib ko’rishish biroz o’rinsiz bo’lganligi tufayli, ayollarga birinchi qo’l uzatmang, toki ayolning o’zi birinchi qo’l uzatmasa. Aks holda hijolatli vaziyatga tushib qolasiz.
  2. Tarjimai hol yozish. O’z tarjimai holingizni yoza biling, nafaqat tarjimai hol, ish uchun Rezume (CV) yozishni ham mukammal egallagan bo’lishingiz lozim. Asosiysi, u yerga bir og’iz ham yolg’on malumot yozmang, kuni kelib bu yolg’on fosh bo’lsa, o’zingiz sharmanda bo’lasiz.
  3. Atrofingizda to’gri mayda-chuydalar bo’lsin. Sizga dastlabki baho shunga qarab beriladi. Ya’ni tashqi ko’rinishingizdagi mayda elementlarga e’tiborli bo’ling. Shu bois ukangizdan o’grilab olgan ruchkangiz emas, sifatli yozuv qurolingiz bo’lsin, yaltur-yultur taqinchoqlardan uzoqda bo’ling, albatta yon daftarchangiz bo’lsin, sumkangiz ham bachkanalikdan yiroq sumka bo’lishi lozim. Qo’l soatingizni xech qanday toshli yoki bezaklisini emas, sodda va xushbichimini tanlang.
  4. Xech bo’lmasa bitta horij tilida to’gri gaplasha oling. Universal variant – rus va ingliz tili. Begona tilda oddiy ma’lumotlarni suhbatdoshga yetkazish, umuman, erkin so’zlashish uchun bir yil kifoya ekan. Faqat qunt bilan muntazam shug’ullansangiz bas.
  5. Elektron pochta manzilingizni to’gri talaffuz qiling. (Xatto chet tilini bilmasangiz ham) Nuqtali "I”, yettidagi "ye” kabi izohlarni umuman ishlatmang, ingliz tili alifbosi bo’yicha aytishni o’rganing, buni bir kechada uddalash mumkin.
  6. Kechikkan paytingizda ogohlantirib qo’ying. "Avtobus kechikib qoldi, yo’l tiqilinch edi” kabi bahonalarni umuman aytmang. Bu sizning professional sifatlaringizni yo’qqa chiqaradi. Kechikishingizga faqat o’zingiz aybdorsiz. Shuning uchun kechikkudek bo’lsangiz, oldindan ogohlantirib qo’ying. O’shanda kech qolganingizni sababini doston qilib o’tirishingizga imkon qolmaydi.
  7. Tabassumingiz me’yorida bo’lsin. Har narsaga tirjayavermang. Atrofdagilarda yaxshi taassurot uyg’otaman deb, nuqul tishini oqini ko’rsataverish ham yaxshi emas. Aksincha bu "yengiltak ekan” degan fikr uyg’otadi.
  8. Olam bilan aloqani uzmang. Ablate uyali telefoningiz kamida 2 bo’lishi lozim – bittasi ish uchun, yana biri shaxsiy munosabatlar uchun, shunda sizni ishdan tashqarida hech kim bezovta qilmaydi. Ammo sizni qayerda, qaysi manzil va raqamdan topishlari haqida ishjoyingizdagilarni doimo ogohlantirib yuring.
  9. Hamkasblaringizning tug’ilgan kunini doimo yodingizda tuting. Bu sizni qanchalik e’tiborli odam ekanligingizdan darak beradi.
  10. Maoshingiz haqidagi savollarga javob bermang. Hamkasblaringiz qiziqishmoqdami? Siringizni oshkor qilmang. Bu noo’rin savol, deb aql o’rgatishingizni ham hojati yo’q, shunchaki bu raqamlar faqat o’zingizgagina tegishli ekanligini eslating. Maosh 3 sababga ko’ra oshkor etilmasligi lozim: agar maoshingiz yuqori bo’lsa ular xasad qilishlari mumkin; kam bo’lsa, o’zlaridan past ko’rishlari mumkin; yaxshi maosh olishingizdan habardor biror hamkasbingiz sizga qarchi boshliqni qayrashi mumkin.
  11. Yaxshi dam mehnatga hamdam. Dam olish kunlari, tunlari va mehnat ta’tili vaqtlarida charchoqni chiqarish kerak. Ish paytida ham 10-15 daqiqa dam olish zarur. Yo’qsa, sizdan unumli va foydali ish kutib bo’lmaydi. Charchoq sabab ishlaringiz yurishmaydi.
  12. Oldingizga aniq maqsadlar qo’ying. Bir yil, 3 yil, besh yil yoki bir umrni mo’ljallang. Rivojlanish, biror cho’qqini zabt etish uchun avallo maqsad zarur. Shunday ekan maqsadlarni aniqlashtiring.

Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1473 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]