11:14 Reklama Qilish Sirlari | |
Sifatli mahsulot reklamaga muhtoj emas – degan gap bor. Bu haq, Ammo o’sha mahsulot haqida odamlar tezda bilishi uchun avval uni tanitish kerak. Mahsulot ming sifatli bo’lsin uning nomi tillarda doston bo’lishi uchun ancha vaqt kerak. Demak siz bilan aynan shu sohaning eng nozik sirlari haqida gaplashamiz. Bu borada biz www.ijodkor.uz saytining ma'lumotlaridan foydalandik. Sizning ham korxonangiz bo’lsa kerak, Agar bo’lmasa unda kelajakda sizga korxona ochish nasib qilar. Sizda korxona bor deylik, U ishlab chiqarish bo’ladimi, oziq ovqat bo’ladimi, yoki internet saytingiz bo’ladimi. Bu haqda odamlarga bildirish kerak. Lekin qanday qilib odamlarga oson va kam xarajat bilan elon qilish mumkin. Shaharda reklama beruvchi kompaniyalar juda ko’p. Ularda shu soha
mutaxassislari ishlaydi. Reklama beruvchi mutaxassislar kuchli psixolog
bo’lishadi. Ular inson ongida muhrlanib qoluvchi reklama usullarini
bilishadi. Siz ham bularni eplashingiz mumkin. Agar siz ham ular qo’llagan usulni qo’llab reklama bersangiz Korxonangizni bir zumda butun Shaharga mashhur qilishingiz mumkin. Qayerda reklama bergan ma'qul ?Dorilar reklamasi yoki telefon kompaniyalari reklamasi, ko’pincha
ko’chalardagi bannerlarda bo’ladi. Chunki odam gavjum joy. Ammo
narxi-chi. Sizni korxonangiz shu xarajatni qoplay oladimi? Keling, men sizga reklama berish uchun eng qulay va arzon xarajatli 12 ta usul haqida so’zlab bersam. 1-USUL.Qog’oz yopishtirish. mmo duch kelgan joyga yopishtirish mumkin emas. Masalan: tikuv sexini
reklama qilmoqchi bo’lsangiz uni bozorlarda yoki ko’p qavatli uylar
atrofida reklama qilgan maqul. Agar eshik rom deraza ishlab chiqarish korxonasi bo’lsa uni ko’proq qurilish mollar sotiladigan bozorlar atrofida yoki mahalla ko’chalarida reklama qilgan foydali. Chunki mahalladagilar uyini remont qlganda eshik deraza olishi mumkin. 2-USUL.Odamlarga reklama qog’ozini tarqatish. Kichikroq qog’ozda rangli reklama tayyorlaysiz. Poligrafiya
firmalariga buyurtma bersangiz kichik buklet shaklida chiroyli dizayn
bilan tayyorlab berishadi. Xuddi ramazon kalendariga o’xshagan bo’ladi. 3-USUL.Kalendar va taqvim chiqaring. Kalendar chiqarib unga o’z mahsulotlaringizni reklamasini qo’ying.
Bularni chiqarish uchun ham poligrafiya korxonalari sizga yordam beradi.
Keyin esa chiqarilgan kalendarlarni bepul tarqating. Ayniqsa ramazon
payti ro’za taqvini chiqarib unga reklama joylang. Va masjidlarda
jamoatga tarqating. 4-USUL.Komputer klublari sizga yordam beradi. Korxonangiz sayini ham reklama qilishingiz juda zarur buning uchun internet klublar ga homiylik qilib o’z banneringizni bino devorlariga yopishtiring. Komputer ish stoliga o’z reklamangizni fon qilib qo’yishni so’rab ko’ring. Buning cuhun pulni ayamang. Chunki internetga kirgan odam albatta qiziqib sizni saytingizga ham kirishi mumkin. 5-USUL.Gazetalar Gazeta va jurnallardan reklama joylari oling. Masalan "Tashkentskiy nedelya”, "CHastniy sektor”, "Karera”, "Darakchi”, va boshqa mashur gazetalarda rasmli reklama bering. Rasmli reklama berishda avvalda aytilgan 1 – qoidaga rioya qiling, ya’ni bitta rasm va qisqa matn, pastroqda esa kontaktlar bo’lsin. Ortiqcha bezaklar odam ko’zini chalg’itadi. 6-USUL.Elektron kitoblar va dasturlar Korxonangiz qaysi soha bilan shug’ullanadi. Masalan: Vebsayt yoki
dastur tuzish bilan shug’ullansa, u holda Turli multimedia dasturlari
yoki mini o’yinlar tuzib ularda o’z reklamangizni joylang. Keyin esa
ularni internet orqali ommaga bepul tarqating. 7-USUL.Agar tog’ sizni oldingizga kelmasa, siz tog’ni oldiga boring. Siz taklif kelishi kutib o’tirmang. O’z firmangiz xizmatini taklif
qiling. Spravochniklardan turli korxonalarni izlab toping va ularga
telefon orqali chiroyli muomala bilan o’zingizni xizmatingizni taklif
qiling. Masalan: 8-USUL.Internet konferensiyalarida reklama Internetda 100 ga yaqin forumlar bor, turli xil chat saytlari bor.
Bularda har kuni yuzlab odamlar kirib o’zaro muloqot qiladilar. 9-USUL.Pullik internet reklama xizmati Mashhur saytlarning egasi bilan bog’lanasiz. Va rasmli yoki animatsion reklama joylaysiz. Bundan tashqari bizning saytda ham ya'ni www.maslahat.uz da reklama xizmatlari bor. Biz bog’lanib internetda o’z korxonangizni mashhur qilishingiz mumkin.Bu yerni bossangiz, bizning reklama xizmatimiz haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz. Narxlar ham unaqa qimmat emas, boshqa saytlarga qaraganda bir muncha arzon. Narxlar haqida batafsil biz bilan aloqa qilib bilishingiz mumkin. 10-USUL.SPAM, Ommaviy reklama Bir vaqtni o’zida Internetdagi millionlab kishilar emailiga maktub
yuborish bu spam hisoblanadi. Hammamiz emailimizga kelgan maktublarni
ochib o’qiymiz. 11-USUL.Xonadon eshiklariga elon qoldirisb ketish. Bu ham yaxshi usullardan biri. Kichik qog’ozchalar (iloji bo’lsa rangli) tayyorlab har bir xonadon eshigiga yopishtirib yoki biror joyga qoldib ketasiz. 12-USUL.Kinodagi yashirin reklama. Mana sizga Reklama berishnng 12 ta oltin qoidasini ko’rsatib berim. Endi bularga amal qilish sizga bog’liq. Bu usullari hammasini baravar qo’llab bo’lmaydi.Reja tuzib har hafta bittadan usulni sinab ko’ring. Omad sizga! Ha aytgancha, reklama qilish borasidagi fikrlaringizni qoldirishni unutmang!Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |