Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Rezyume yozish qoidalari
21:10
Rezyume yozish qoidalari

Bugungi kunda ish beruvchilarning ko'p qismi sizdan rezyume berishingizni so’raydi. Uning qanchalar mohirona to’ldirilganligi esa sizning ishga qabul qilinishingiz ehtimolini shunchalar oshiradi. Uni qanday to’ldiraman deb bosh qotiryapsizmi unda bu maslahatimiz siz uchun.

Maslahatlar

Har bir qadam yangi qatordan yozilishi maqsadga muvofiq.

  • Ism sharifingizni to’liqligicha yozing.
  • Tug’ilgan sanangizni yozing.
  • Millatingiz berilishi kerak.
  • Turar joy manzilingiz.
  • Telefon raqamingiz va elektron manzilingizni yozing. Ularning to’g’riligiga e'tibor bering, sababi ish beruvchilar siz bilan telefon yoki elektron pochta orqali bog’lanadilar.
  • Rasmingiz. Rezyumening yuqori o’ng burchagiga rasmingizni joylashtiring.
  • Ish joylaringiz. Shundan so’ng ish faoliyatingiz tarixini berib o’tasiz. Oxirgi ishlagan joyingizdan boshlanishi lozim.

    Masalan:

    2005 - 2011
    Egallangan kasb
    Ish-joy nomi, manzili va telefon raqami

    2000 - 2005
    Egallangan kasb
    Ish-joy nomi, manzili va telefon raqami


    Shu ko’rinishda qancha joyda ishlagan bo’lsangiz ko’rsatib chiqasiz. Ishlagan joylaringizni eng oxirgi ish joyidan boshlanishiga sabab, ish beruvchiga oxirgi 5 yil yoki 10 yilgina qiziq. Shuning uchun shu tartibda yoziladi.

  • Ma'lumotingiz. Maktabdan boshlab universitetgacha o’qigan bo’lsangiz , ularga qachon qabul qilinganingiz, qachon tugatganingiz , sizning mutaxassisligingiz va ilmiy darajangizni(bakalavr, magistr) berib o’tishingiz kerak. Agar rezyume to’ldirayotgan vaqt ham talaba bo’lsangiz, nechanchi kursda va qachon o’qishni tamomlashingiz haqida ma'lumot berib o’tishingiz lozim. Bu ma'lumotlarni ham oxirgi yillardan boshlab to boshlarigacha berib o'tasiz.
  • Egallagan xorijiy tillarni jadval ko’rinishida joylashtiring va ularni qay darajada bilishingizni ham yozib o’tishni unutmang.
  • Qo’shimcha kurslar haqida ma'lumot bering, kompyuter savodxonligimi, yoki buxgalteriya kurslarimi va hokazolar.
  • Qiziqishlaringiz yoki soddalashtiradigan bo’lsak xo’bbingiz.
  • Qo'shimcha ma'lumotlar. Armiya xizmatini o'tagan bo'lsangiz, haydovchilik guvohnomangiz bo'lsa, ushbu ma'lumotlarni ham kiritib o'ting.

Siz berib o’tgan ma'lumotlar haqiqiy bo’lishi kerak. Yolg’on ma'lumotlar keyinchalik sizga nisbatan ishonchni yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz ishga qabul qilinishingiz darajasini oshirasiz. Eng asosiysi elektron ko’rinishini ham saqlab qo’ying sababi, u sizga ko’p kerak bo’ladi. Uni har safar qayta yozish esa vaqt oladi. Elekron ko’rinishini xohlagan vaqtingiz yangilasangiz bo'ladi. Yana qulayliklardan biri shundaki, uni elektron pochta orqali turli tashkilotlarga yuborsangiz bo’ladi.

Shu yerni bosib rezyume uchun namuna ko'chirib oling

Yuqoridagi maslahatlarimiz foydasi tekkan bo’lsa bag’oyat xursandmiz.


Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1741 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]