11:09 Sportga Tobingiz Qalay? (Test) | |
Xalqimiz "Sog‘lom tanda — sog‘ aql”, degan naqlni bekorga aytmagan. Siz qaysi kasb egasi bo‘lmang, salomatlikni asrash uchun, albatta, jismoniy mashqlar, iloji bo‘lsa, sportning qaysidir turi bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Ushbu test sizning kuchli va ojiz jihatlaringizni, jismoniy imkoniyatlaringizni aniqlashda va o‘zingizga mos sport turini tanlashda katta yordam beradi, degan umiddamiz. Savollar:1. Sigaret chekasizmi? a) yo‘q (50 ball) b) ha, kuniga besh-oltitadan (40 ball) v) kuniga o‘ntadan ortiq (30 ball). 2. Tez yurib ketayotgan bo‘lsangiz, hansiray boshlaganingizni qachon his etasiz? a) bir necha qadam tashlagandan so‘ng (10 ball) b) bir necha yuz metrdan so‘ng (30 ball) v) bir necha chaqirimdan so‘ng (40 ball). 3. Ikkinchi qavatga ko‘tarilayotib qanday nafas olasiz? a) bir tekisda (20 ball) b) nafasim bo‘g‘iladi (10 ball). 4. Jismoniy mashq qilayotganingizda to‘xtashga sizni nima majbur etadi? a) nafas olishimning qiyinlashishi (20 ball) b) mushaklarimning charchashi (40 ball). 5. Suv ostida qancha vaqt nafas olmay tura olasiz? a) o‘ttiz soniya (30 ball) b) qirq besh soniya (40 ball) v) bir daqiqadan ortiq (50 ball). 6. Kuchli zo‘riqish va uzoq muddat jismoniy mashqlardan so‘ng hansirashingiz tez pasanda bo‘ladimi? a) yo‘q (0 ball) b) gohida tez, gohida anchadan keyin (20 ball) v) ha (30 ball). NATIJALAR:160 dan 230 ballgacha. Sizning nafas yo‘llaringizga havas qilsa arziydi. Sizga basketbol, voleybol, tennis, suzish bilan muntazam shug‘ullanishni maslahat beramiz. 60 dan 150 ballgacha. Zudlik bilan jismoniy mashqlar qilmasangiz bo‘lmaydi. Yaxshisi, har kuni o‘n daqiqadan sakrash mashqlarini bajaring. To‘g‘ri nafas olishga o‘rganing. 50 va undan kam ball. Nafas yo‘llaringizda muammo ko‘p.
Sportning biror turi bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin to‘g‘ri
nafas olishni o‘rganganingiz ma’qul. Ko‘proq piyoda yurishni maslahat
beramiz. Manba: Maslahat.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |