23:15 Tirnoq milklari. Ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin? | |
Tirnoqlardagi milklar - bu tirnoqlar atrofida hosil bo'ladigan ancha yoqimsiz, ko'rimsiz va ba'zida og'riqli o'simtalardir. Ular qonashi mumkin bo'lgan, yetarlicha parvarish bo'lmaganida esa, hatto yiringli yaraga aylanadigan terining ustki shilingan joylaridan iborat bo'ladi. Har qanday ochiq yara esa bakterial va zamburug'li infeksiyalarning tarqalishiga sababchi bo'ladi. Agar tirnoq milklarini zararsiz deb hisoblab, ularning tez-tez paydo bo'lishini e'tiborsiz qoldirsangiz, ular paronixiyaga aylanishi mumkin. Bu oyoq va qo'llar barmoqlaridagi tirnoq plastinalari atrofida terining infeksion yallig'lanishining bir turi hisoblanadi. Tirnoq milklari hosil bo'lishining sabablari Tirnoq milklari turli sabablar oqibatida paydo bo'lishi mumkin. Birinchidan, ko'pgina ayollar uy ishlarini bajarayotganlarida yoki idish-tovoqlarni yuqayotganlarida rezina qo'lqoplardan foydalanishmaydi. Bu esa tozalovchi va yuvuvchi kimyoviy vositalar ta'sirida qo'l terisining qurishiga, uning g'adir-budur holatga kelishiga, tirnoq valiklari dag'allashib, yorilishiga va milklarning paydo bo'lishiga olib keladi. Kir yuvish kukunlari ham, ular qanchalik zamonaviy bo'lmasin, teriga ana shunday ta'sir ko'rsatadi. Milklar paydo bo'lishining ikkinchi asosiy sababi - bu sifatsiz bajarilgan manikyur. Ustaning tajribasizligi yoki tasodifiy xatosi tufayli terining mexanik shikastlanishi keyinchalik milklar paydo bo'lishiga olib keladi. Shuningdek, manikyurning hamda qo'l va oyoqlarning umumiy parvarishi yo'qligi ham shunday oqibatlarni keltirib chiqaradi. Nihoyat, uchinchi sabab - bu tirnoqlarni kemirish odati. Odat ham yoqimsiz, uning oqibatlari ham ko'ngilsiz. Bundan tashqari, ba'zi odamlarda tirnoq milklari tirnoq atrofi valigi terisidagi kasalliklar natijasida ham paydo bo'lishi mumkin, ammo bunga faqat tibbiy mutaxassisgina tashhis qo'ya oladi. Organizmdagi boshqa nosozliklar, xususan disbakterioz, vitaminlar yetishmovchiligi, ichki organlar faoliyatining buzilishi ham tirnoq milklarining paydo bo'lishiga sababchi bo'lishi mumkin. Tirnoq milklariga qarshi kurash Tirnoq milklari paydo bo'lishining oldini oluvchi profilaktika choralari ularga qarshi eng yaxshi kurash usuli hisoblanadi. Buning uchun xalq tabobati, maxsus kosmetik vositalardan foydalanish va, albatta, ovqatlanishni muvozanatga solish kerak. T irnoq miklaridan qanday xalos bo'lish mumkin: xalq tabobati vositalari Milklarning oldini olish bo'yicha eng arzon va shu bilan birga samarali uy vositalaridan biri - bu oyoq-qo'llarni vanna qilish. Buni bajarish qiyinmas, shuningdek ular oyoq va qo'l terisi uchun juda foydali ham. Iliq holatga keltirilgan o'simlik moyi, yaxshisi zaytun moyidan qilingan vannacha terini yumshatadi. Bu usul bilan qo'llaringizni har kuni «erkalashingiz» mumkin. Ichimlik sodasi solingan vannacha - ko'proq shoshilinch chora bo'lib, uni milklar paydo bo'lganida bajarish zarur. Efir moylariga (limon yoki bergamot) dengiz tuzi qo'shilib tayyorlangan vannacha ham milklar paydo bo'lishining oldini oladi. Vannachalar muntazam xarakterga ega bo'lishi uchun ularni navbatma-navbat bajarish mumkin. Tirnoq milkari bilan kurashda hatto uy gullari ham yordam berishi mumkin. Xususan, yallig'lanishga qarshi, bakteritsid va yarani tuzatish xususiyatlariga ega shifobaxsh kalanxoe o'simligi tirnoqlar atrofidagi terini sog'lomlashtiradi va kichik yaralarni tuzatadi. Tirnoqlar uchun o'ziga xos niqobni tayyorlash uchun oldindan yuvilgan va quritilgan bir nechta kalanxoe barglarini bo'tqa ko'rinishiga kelgunicha maydalang. Keyin uni barmoq uchlariga suring va har bir barmoqni plyonka bilan o'rang. Niqobni bir necha soat ushlab turish yoki ertalabgacha qoldirish mumkin. Niqobning samarasini protsedurani bir necha bor takrorlagandan so'ng ko'rsa bo'ladi, teri o'z elastikligini qaytaradi, milklar haqida esa eslamay ham qo'yasiz. Har qanday protseduraning muntazam bo'lishi kerakligi esingizdan chiqmasin. Milklarga qarshi ozuqa Ovqatlanish ratsioni - bu bir tomondan ko'pgina ko'ngilsizliklarning sababchisi bo'lsa, boshqa tomondan ulardan xalos bo'lishning yo'lidir. Ovqatga «to'g'ri» mahsulotlarni iste'mol qilgan holda, kishi o'zini yaxshi his qilishi, asosiysi esa salomatligiga zarar yetkazmasligi mumkin. Tirnoq milklari paydo bo'lishining oldini olish uchun ko'pincha retinol sifatida tanish bo'lgan A vitaminiga boy mahsulotlarga urg'u berish lozim. Ushbu vitamin «teri» vitamini hisoblanadi, agar u organizmda yetarli miqdorda bo'lsa, terini qurib ketishdan saqlaydi va uning regeneratsiyasini rag'batlantiradi. Retinol moddasi oddiy sabzi tarkibida juda ko'p, uni smetana bilan birga tanovul qilgan ma'qul. Bunday birikma retinolning organizm tomonidan yaxshi o'zlashtirilishiga yordam beradi. Agar sabzini yoqtirmasangiz, har doim dorixonadan A vitaminining moyli eritmasini sotib olish imkoni bor. U sof holatda ham, kapsula ko'rinishida ham ishlab chiqariladi. Narxi ham arzon, ishlab chiqaruvchi va o'ramining hajmiga qarab, 50 rubldan oshmaydi. manba: www.krasota.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |