21:28 Tirnoqlarga Yozuv Tushirish (Manikyur) | |
Bo'sh vaqtingizda yoki siqilib ketganingda o'zingizni biror narsa bilan ovutishga harakat qilasiz. Ba'zi qizlarning shunday odatlari borki, siqilganda va kayfiyat tushganda o'zlariga oro bergilari, cosh turmaklar qilib, kayfiyatlarini ko'targilari keladi. Ana shunday daqiqalarda sizlarga ko'maklashuvchi antiqa ko'rinishga ega tirnoq bezagini bugun e'tiboringizga taqdim etamiz. Bu tirnoq bezagi gazeta yozuvlari ko'rinishida bo'lib, bu hammani hayratlantirishi aniq. Bunday bezak uchun bizga o'zingizga yoqqan lak, gazeta, paxta va suv kerak bo'ladi. Tayyor bo'lsangiz, boshladik!Tirnog'ingizga istagan lakingizni surib qurishini kutasiz. Lak qurigach, gazeta parchasini tirnog'ingizga qo'yib, ustidan suvga yoki spirtga botirilgan paxtani qo'yasiz. 5 daqiqa o'tgach, paxta va gazetani olasiz. Tayyor bezakning ustidan rangsiz lak surib, uni ham qurishini kutasiz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |