Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » To‘yib uxlamaslik nimalarga olib kelishi mumkin?
23:25
To‘yib uxlamaslik nimalarga olib kelishi mumkin?

To'yib uxlamaslik yoki muntazam uyqusizlik semirishga, organizmdagi moddalar almashinuvining buzilishiga, gormonal o'zgarishlarga hamda gipertoniya va qandli diabetga olib keladi. Uyqusizlik dardiga chalingan kishilarda avtomobil halokati qurboniga aylanish ehtimoli 2,5 baravarga yuqori bo'lar ekan. Xo'sh, uyqusizlik dardiga chalinmaslik, to'yib, tiniqib uxlash hamda uyquga to'yib turish uchun nimalar qilish kerak? Uyquni me'yorga keltirish uchun salbiy voqealar va noxushliklarni biroz vaqtga unutgan, muammolarni bir chetga surib qo'ygan holda ignabargli daraxt moyi yoki ekstrakti qo'shilgan vannani qabul qilish va sokin musiqa tinglash lozim.

Shuningdek uyqusizlik balosidan xalos bo'lishga uy hayvonlari ham yordam beradi. Agar itingiz bo'lsa, demak kechki sayrga albatta chiqasiz, mushugingiz bo'lsa - uni silash sizni stresslardan xalos qiladi va tinchlantiradi.

Bundan tashqari uyqusizlikda kun davomidagi jismoniy mehnat va aniq kun tartibiga rioya qilish ham yordam berishi mumkin.

Agar uyqungiz buzilgan bo'lsa, unda uxlash oldidan qahva yoki spirtli ichimliklarni iste'mol qilmang. Porolondan tayyorlangan to'shakda uxlamang, tabiiy shifobaxsh giyohlar to'ldirilgan kichik yostiqni xarid qiling.

Shu bilan birga uyqu oldidan teelvizor tomosha qilish yoki kompyuterda ishlash ham tavsiya etilmaydi.

Uyqusizlik dardigan chalingan ba'zi kishilarga oyoqlari ostiga qo'yilgan iliq grelka yoki iliq suvli shisha idish yordam berishi mumkin. Shuningdek, uyqu oldidan asal solingan bir piyola iliq suv yoki sut ichish, boldirga gorchichnik qo'yish yoki yengil uyqu keltirish effektiga ega giyohli damlamani qabul qilish mumkin.

Uyquning davomiyligi har bir kishida turlicha bo'lib, kishining yoshiga, fe'l-atvoriga va irsiyatiga ham bog'liq bo'ladi. Ba'zi kishilarga to'yib uxlashlari uchun 7-8 soat kerak bo'ladi, boshqalarga hatto 9 soat ham kamlik qiladi, uchinchi birovlarga esa 5 soatning o'zi yetarli.

manba : salomat.uz

Категория: Salomatlik | Просмотров: 1413 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]