23:26 Turpning foydali jihatlari | |
Turp issiq taomlar bilan salat sifatida qo'shib iste`mol qilinadigan sabzavot turi hisoblanadi. Uni xomligicha o'simlik yog'i va suzma bilan iste`mol qilish foydali. Turpning tarkibida 90% suv, shakar, kletchatka, efir moylari, darmondorilar, kislotalar, natriy tuzi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir, aminokislotalar, fermentlar va boshqa turdagi moddalar mavjud. Uning tarkibidagi koni shifo ayrim moddalar fitonsid va bakterisid xususiyatini ta`minlagan. Turpning suvi qadimdan ichak faoliyatini yaxshilash, soch tolalarini mustahkamlash maqsadida qo'llanib kelingan. Shuningdek, turp ateroskleroz shishlarda, peshob-tanosil a`zolari kasalliklarida ham juda yaxshi yordam beradi. Xalq tabobatida turp bilan asal aralashmasi har xil jarohat va
yaralarga malham hisoblanadi. Qaynatib pishirilgan turp yo'talga davo
bo'ladi. U shamollashga qarshi, siydik haydovchi, balg'am ko'chiruvchi,
tomoq va o'pka kasalliklariga davo sifatida tavsiya etiladi. Asl shifo sharbati Tayyorlash jarayoni: Lavlagi, turp va sabzi sabzavotlarining sara sharbatlaridan teng miqdorda olinib, oftob daxl qilmaydigan, qoramtir maxsus shisha idishga solinadi. Og'zi yaxshilab yopilgan idishning boshqa tomonlariga xamir yopishtirib chiqiladi. Bu sharbatlar majmui uch soat davomida bug'xonaga qo'yiladi. Tayyor bo'lgan shifobaxsh manbani kuniga uch qoshiqdan ovqatdan oldin iste`mol qilish tavsiya etiladi. Tibbiy foydasi: Ushbu asl shifo sharbati yaxshi quvvat manbai bo'lganligi bois, kamqonlikning barcha turlarida beqiyos hisoblanadi. Bunday sharbatlarni tayyorlab iste`mol qilish jarayoni uch oygacha davom ettirilishi maqsadga muvofiq. Quvvatlantirilgan turp sharbati Tayyorlash jarayoni: Turpdanchiqquniga qadar sara sharbati olinib, unga asal va tuz qo'shilib aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan, aniqrog'i, boshqa ne`matlar bilan quvvatlantirilgan sharbat ko'pgina dardlarda koni shifodir. Tibbiy foydasi: Ushbu quvvatlantirilgan turp sharbatini og'riq qoldiruvchi vosita sifatida bod, mushak va asab tolalarining shamollashida og'rigan joyga surkash yaxshi samara beradi. Agar ushbu shifobaxsh sharbatga kuchsizlantirilgan tibbiy spirtdan biroz qo'shilib omuxtalashtirilib ishlatilsa, surkalgan teri qizib, mahalliy hududda qon yurishi yaxshilanib, og'riqning tezda ketishiga erishish mumkin Ko'rilgan ma'lumotga izoh qoldirishni unutmang !!! manba: tib.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |