Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Juma, 29.03.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Vaqtni boshqarish
21:32
Vaqtni boshqarish

Vaqt tez o’tyaptimi? Hech narsaga ulgurmayapsizmi?
Bugungi kunda ko’pchilik, ish va o’qish tashvishida yurganlar, vaqt tig’izligidan shikoyat qilishadi. Vaqtni jilovlash va uni boshqarish uchun nimalar qilish kerak? Eng muhim ishga e’tibor qaratishni o’rganing. Ishlaringizni bajarish uchun tez, samarali va tartibli usulni sizga taklif qilamiz. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishlarni ro’yxat qiling.

Qadam-baqadam maslahat:

  • Har bir vazifaning muhimligini haqqoniy belgilang.

    1-darajali muhim: ya’ni bugun yoki ertagacha bajarilishi lozim bo’lgan ishlar;
    2-darajali muhim: bir hafta mobaynida tugatilishi kutilayotgan vazifalar
    3-darajali muhim: biy oy ichida…
    4-darajali muhim: bir yil ichida…

  • Kuchingizni to'g’ri taqsimlang. Har kuni oz-ozdan vazifalarni bajaring.
    Oldin qilinishi kerak bo’lgan kunlik ishlarni bajaring. Qo’lingizdagi ishga bor e’tiborni jalb eting, so’ngra keyingi ishga o’ting. Kunlik ishlarni muhimlik darajasi bo’yicha bajaring va shu tartibda keyingi vazifaga o’tib boravering.
    Haftalik va oylik, yillik ishlaringiz ham shu usulda davom etadi.
  • Kunning o’zingizga qulay bo’lgan paytini belgilab oling. Ba’zi insonlar kechqurunga nisbatan ertalab unumli ish bajarishadi.
  • Vaqtni boshqarishni yaxshilab boring. O’zingiz bilan o’zingiz o’yin o’ynayotgandek vazifalarni vaqtga nisbatan tezroq bajarishga uruning.
    15 daqiqa, yarim soat yoki 1 soat vaqt oralig’ida ishlang. Ishning biror bir qismini yoki to’laligicha tugatish uchun o’zingizga vaqt belgilab oling.
  • Tanaffus qiling. Fikringizni bo’shating va qaytadan ishga kirishish uchun bir oz tanaffus qiling. 5, 10, 15 daqiqa tanaffus qilishni oldindan belgilang va unga amal qiling. Bu paytda yangi fikrlarni kashf etishga harakat qiling.
  • Bajargan ishlaringizni hisob-kitobini qiling. Bajarilgan ishlarni ro’yxatdan o’chiring. Kunlik ishlarni bajarilganligini ko’rib o’zingizni ancha yengil va erkin his eta boshlaysiz. Bu sizga yanada shijoat bag’ishlaydi.
  • Ro’yxatni qaytadan ko’rib chiqing. Ro’yxatni kerakligicha qaytadan tuzing va muhimlik darajasini belgilang.
    Yangi bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni qo’shing;
    Ba’zilarini olib tashlang;
    Ba’zi ishlarni boshqalarga bo’lib bering;
    Ishingizni tez, samarali va sifatli bajarish uchun texnologiyalardan foydalaning.
  • Ishni o’z vaqtida bajaring. Ba’zilar bir ishga ajratilgan vaqt hisobiga boshqa yumush bilan band bo’ladi; natijada hech narsaga ulgurmaydi. Masalan, dars tayyorlash kerak bo’lgan paytda film tomosha qilish va hk.
  • Ishingizni xotirjamlikda bajaring. Har qancha vaqt tig’iz bo’lsa-da, hech bir ishingizni shoshib amalga oshirmang. Shoshganda xatolikka yo’l qo’yasiz. Bu ishingiz sifati buzilishiga va unga qaytatdan vaqt ajratishingizga sabab bo’ladi.
  • Hordiq chiqarish uchun ham vaqt ajratishni unutmang. Ko’p vaqt bo’lishi shart emas, muhimi vaqt ajratilsa bo’ldi. Har kuni kechqurun 6-8 soat uxlang. Agar yetarlicha uxlamagan bo’lsangiz, siz diqqatingizni jamlashda va bir narsaga kirishishda qiynalasiz hamda bu sizning samarali ishlashingizda xalal beradi.

Vaqtni boshqarish va undan unumli foydalanish o’z qo’limizda. Hech bir daqiqani behuda sarflamaslikka harakat qilaylik, shunda barcha yumushlarimizga ulguramiz.


Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1407 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]