Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » Xurmoning shifobaxsh jihatlari
23:20
Xurmoning shifobaxsh jihatlari

Xurmo lotinchada "ilohlar taomi" ma'nosini bildiradi. To'g'ri tanlangan xurmo mevasi asalday shirin bo'ladi, chunki qand moddasi uning massasining chorak qismini tashkil etadi. Shu bois agar ishga o'zingiz bilan ikkita pishgan xurmo mevasini olsangiz, och qolmaysiz. Natijada mevaning oziqaviy quvvati bilan birga vitaminlar, mineral moddalarning to'laqonli to'plamini olasiz.

Xurmoda olmaga qaraganda oziq tolalar va foydali mikroeleemntlar ikki baravar ko'proq. Shuningdek, unda antioksidantlar miqdori ham ko'p. Xurmo mevasi tarkibida juda ko'p miqdorda suv, kul moddasi, oqsillar, uglevodlar, organik kislotalar, oshlovchi moddalar mavjud. Ushbu meva kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir moddalariga hamda A, C va P vitaminlariga juda boy.

1. Ko'zlaringiz ravshanligi haqida qayg'uring. Pishgan xurmo mevasida juda katta miqdorda beta-karotin moddasi mavjud (aynan shu modda uni zarg'aldoq rangga bo'yaydi) bo'lib, u ko'z ravshanligini mustahkamlaydi va ko'zlarning keksayishiga to'sqinlik qiladi.

2. O'pkangizni himoyalang. Xuddi shu beta-karotin nafas olish tizimingiz haqida qayg'uradi hamda bronxit va zotiljam kasalligi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Agar ashaddiy kashanda bo'lsangiz, xurmo - sizning mevangiz.

3. Yurak uchun quvvat. Xurmo tarkibida o'simlik qand moddalari bor bo'lib, ular yurak mushaklari uchun juda foydali, tomir devorlarini mustahkamlaydi. Ular tufayli xurmo arterial bosimni barqarorlashtiradi va gipertoniyaga qarshi kurashda yordam beradi.

4. Ichakni «biriktiring». Xurmo - ichak buzilishlarida ajoyib biriktiruvchi vosita hamda oshqozon og'riqlarida analgetik sifatida xizmat qiladi.

5. Jarohatlarga ishlov bering. Pishgan xurmo mevasi ajoyib biriktiruvchi va bakteritsid ta'sirga ega, shu bois, agar toza uzib olingan mevani yaraga yoki kuygan joyga qo'ysangiz, u tezda bitib ketadi.

6. Buyraklaringizni qutqaring. Ushbu mevadan buyrak va qovuq kasalliklarida qadimdan foydalanib kelingan. Meva tarkibidagi magniy moddasi organizmdan natriy tuzlarini chiqarishga yordam beradi va shu tarzda buyraklarni yengillashtiradi. Siydik haydash effektiga ega bo'lish uchun esa kuniga 3-4 dona mevani issiq sut bilan navbatma-navbat qabul qilish kerak. Xurmo va sutni qabul qilish oralig'idagi vaqt bir yarim soatdan kam bo'lmasligi kerak.

7. Anemiyani haydang. Xurmo mevalari va barglarida deyarli barcha mikroelementlar (ayniqsa temir moddasi) va vitaminlar mavjud, shu bois ulardan tayyorlangan damlama anemiyaning oldini olishda ajoyib vosita hisoblanadi.

8. Tomoq og'rig'idan qutiling. Meva tarkibida A va C vitaminlari miqdori ko'p bo'lganligi bois, xurmo mavsumiy shamollashlarda immunitetni saqlab turadi. Agar baribir kasallangan bo'lsangiz, bir dona xurmoning suvini bir stakan ilik suvga aralashtirgan holda bir necha kun davomida tomog'ingizni chaying, shunda og'riq chekinadi.

9. Depressiya bilan xayrlashing. Bir dona pishgan xurmo mevasi organizmingizni magniy moddasiga to'yintiradi, u esa, o'z navbatida, asablaringizni tinchlantiradi va qattiq uyquni ta'minlaydi. Uning tarkibidagi fruktoza va glyukoza esa kayfiyatingizni ko'tarishga yordam beradi. Xurmo tarkibidagi yod moddasining foydasi haqida esa deyarli barchamiz bilamiz, shu bois unga to'xtalib o'tirmaymiz.

Manba: uznet.biz

Категория: Salomatlik | Просмотров: 1148 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]