Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 10 » Yangi Kollektivga Moslashish Qiyinmi?
21:11
Yangi Kollektivga Moslashish Qiyinmi?

Yangi ishga kirish – huddi yangi oilaga qadam qo’ygan kabi ham ma’suliyatli, ham o’ta hayajonli. Sizning har bir harakatingiz nazorat ostida turishi yangi jamoaga ko’nikishingizda yanada qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Undan tashqari xodimlar bilan tanishishda uyat hissi sizni butunlay qamrab olsa, undanda noqulay ahvolga tushasiz.

Xo’sh, unda yangi kollektiv orasiga kirganda odam o’zini qanday tutishi kerak? Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, yangi jamoaga ko’nikishingizda sizga birmuncha as qotishiga ishonamiz.

Maslahatlar:

  • Sokinlikni saqlang. Yangi ishchilarning ko’pchiligi, ish kuning ilk kunida kuchli hayajonga beriladi, xatto stressga ham tushib qoladi. Shu sababdan, o’zingizni tinch tutishga intilining, hayajoningizni yenging. Asosiysi, shuni tushunish kerakki, bir kun kelib shu ishxona va xodimlari sizning eng yaqin do’stlaringizga aylanib ketadi.
  • O’zingizni ijobiy tuting. Bitta gap esingizda tursin, har qanday vaziyatni yaxshi tomonga o’zgartirish mumkin! Agar yangi kollektiv bilan tezda til topishib ketish qiyin bo’lsa, hovotirlanmang, bunga ozgina vaqt kerak bo’lishi mumkin. Bu siremaski, odatda yangi xodimga eski ishchilar salbiy ko’z bilan qarashadi. Vaqt o’tishi bilan hammasi iziga tushadi. Shuning uchun tezda o’ylamasdan qaror qilmang, biroz sabr qiling.
  • Kiyimingizga e’tiborli bo’ling. Bu maslahatni hali xech kim inkor qilmagan. Albatta tashqi ko’rinishingizga e’tiborli bo’ling. Juda ham dabdabali kiyinish shartmas. Xodimlarni kiygan kiyimlariga qarang, ulardan oshib ham ketmang, oddiy ham kiyinmang. Ular bilan hamnafas bo’ling.
  • O’zingizni tanishtirishga harakat qiling. Insonlarni o’z ismi bilan chaqirishingiz, ayniqsa birinchi kundan, bu yangi tanishgan insoningizga ijobiy ta’sir qiladi. Befarq muomala sheringizda sizga nisbatan salbiy hislarni uyg’otishi mumkin.
  • Kam gapirib, ko’p eshiting. Sinov muddati davomida o’zingizni faol ko’rsating, duch kelgan xodimga laqqillab gap sotavermang. O’zingizni og’ir tuting buyruqlarni vaqtida bajaring. Hammani kuzating, bir biriga qanday muomalada bo’layapdi ular. Jamoani muhitini o’rganing. Kollektiv bilan birga o’tkaziladigan kechalarga va yig’inlarga albatta boring, xatto tushlikda ham ular bilan bir bo’ling, quloq soling, ular nima haqida gaplashayapdi. Bu sizga jamoaga moslashishingizda ko’maklashadi.
  • Norasmiy liderni aniqlang. Hammani kuzativ jamoadagi norasmiy liderni aniqlang. U sizga kollektivga moslashishingizda ko’maklashadi. Tabiiyki, yangi kelgan ishni qiziqtiradigan savollariu juda ko’p bo’ladi, shunday vaqtda siz norasmiy liderning yordamidan foydalanishingiz mumkin bo’ladi.
  • Ish vaqtidan kechikmang. Ma’suliyatlilik – yaxshi hislat, bu hislat sizda mujassam bo’lsa, hamma sizni qadrlaydi. Ish vaqtidan 10-15 daqiqa vaqtli kelishga intiling.
  • G'iybat qilmang. Xodimlardan biri sizga yoqmasa, aslo g’iybat qila ko’rmang, hali ularni yaxshi bilmay turib, muammolaringizni ham sochib yoymang. Tilingizga xushyor bo’ling.
  • Qo’shimcha ishlang. Yangi ishga kirgan vaqtingiz sizga yuklatigan vazifalar ko’p bo’lishi, siz chunmagan savollar paydo bo’lishi tabiiy, shu sababdan, ish kunining ilk kunlarida ishdan 15-20 minut kech chiqing.

Manba: Maslahat.uz

Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1074 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]