Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Dekabr » 14 » Yaxshi ovqatlanmaslik kasalliklar sababchisi
23:24
Yaxshi ovqatlanmaslik kasalliklar sababchisi

Odamning yaxshi o‘sib-unishi, sog‘lom bo‘lishi va samarali ishlashi uchun yaxshi ovqatlanish zarur. Ko‘pgina kasalliklar to‘yib ovqatlanmaslikdan kelib chiqadi. Organizm uchun zarur bo‘lgan ovqatlarni yemagan yoki to‘yib ovqatlanmagan kishi kasal va darmonsiz bo‘ladi, ovqatga yolchimaslik, deb ayni shunga aytiladi. To‘yib ovqatlanmaslik quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:

Bolalarda:

Bolalarning sekin o‘sishi yoki yetarli vaznga ega bo‘lmaslik;
Yurish, gapirish va fikrlashda sustlik;
Qorinning kattaligi, qo‘l va oyoqlarning ozg‘inligi;
Uzoq davom etuvchi ko‘plab kasalliklar va infeksiyalar og‘irroq kechadi va ko‘p hollarda o‘limga olib keladi;
Harakatsizlik, bolaning xomush bo‘lishi va o‘yinga qiziqmasligi;
Yuz, va qo‘llar terisining tez-tez yara yoki dog‘ bo‘lib turishi, badanning shishishi;
Sochning tikka-tikka bo‘lib, ingichkalashuvi, to‘kilishi, o‘z rangi va Jilosini yo‘qotishi;
Shabko‘rlik, ko‘zning quruqlashuvi va ko‘rmaslik.

Katta odamda:

Darmonsizlik va tez toliqish;
Ishtaha yo‘qolishi;
Kamqonlik;
Og‘iz bichilishi;
Og‘riqli til;
Oyoqlarning qizishi, ularning sezish hissini yo‘qotish hollari.

Manba: fikr.uz

Категория: Salomatlik | Просмотров: 1770 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]