20:29 1 Oktabr – O‘qituvchilar Va Murabbiylar Kuni Muborak! | |
Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. Aziz ustozlarimiz bayramingiz muborak! | |
|
Всего комментариев: 0 | |