Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 22 » 30 Soniyada Tayyorlanadigan Desert
10:30
30 Soniyada Tayyorlanadigan Desert

Ha, ha siz to’gri o’qidingiz, ushbu desert mikro to’lqinli pechda bor yo’g’i 30 sekundda tayyor bo’ladi. Bu desert noana’naviy bo’lib, butun dunyoni lol qoldirgan shirinlik hisoblanadi. Uning nomi "Suzayotgan orol”. Buni tayyorlash uchun, yangi tuxumning oqi, qora yoki sutli shokolad, shakar, yana… va boshqa xech narsa.

”Suzayotgan orol” qanday tayyorlanadi:

  • 1Uchta tuxum oqi sarig’idan ajratiladi, bunda juda ehtiyot bo’lish kerak, bir tomchi sarig’ ham aralashib ketmasligi lozim. Shundan so’ng tuxum oqinini yaxshilab ko’pirtiramiz va 80 gramm shakar qo’shamiz. Yaxshilab aralashtirib ko’pirtiramiz. Ko’pik qattiq massaga aylanganiga qadar ko’pirtiriladi.
  • 2Shokoladni mayda bo’laklarga bo’lamiz, ezish kerak emas, Bizga aynan mayda kesilgan shokolad kerakdir. Bo’lingan bo’laklarni ko’pirtirilgan tuxum oqiga qo’shamiz. Aralashtirib, chiroyli shaklga keltiramiz. Shaklchalarni kichik qilganingiz yaxshiroq, sababi bu shirinlik pechda pishish vaqtida juda katta ko’rinishga keladi.
  • 3Tayyor shakllarni 30 soniyaga gaz pechiga qo’yamiz. Esingizda tursin, shirinliklarning pechda pishish muddati 30 soniyadan 1 soniya ham oshmasligi kerak. Bunday ajoyib shirinlikni dasturxoningizga tortib, mehmonlarni lol qoldiring!
Manba: Maslahat.uz
Категория: Oshxona | Просмотров: 1691 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]