Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Aqlli Xotinlar Erlar Baxti (Mutolaa)
20:52
Aqlli Xotinlar Erlar Baxti (Mutolaa)



Bir odam juda aqlli, odobli va yaxshi tarbiya olgan qizga uylandi. U odam xonimidan juda mamnun, uylarida g‘alvag‘ avg‘o yo‘q.
Bu yigit bir kun do‘stlarining huzuriga bordi. U axloqsiz odamlarning xotinlarini «unday urdim, bunday urdim», deb maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan so‘radi:
— Nega xotinlaringizni urasiz? Hech gunohi yo‘q xotinni qanday urib bo‘ladi?
Do‘stlari:
— Dunyoda bundan oson ish yo‘q. Uyga bir qadoq qiyma go‘sht olib kelasan. Qiymali suyuq ovqat tayyorlab kelsa, «boshqa ovqat yeyishni xohlayman», deysan, deb aql o‘rgatishibdi.

Yigit ertasiga kechqurun uyiga kelib, dasturxon oldiga o‘tirdi. Xotini qiyma solib tayyorlangan sho‘rva olib keldi. U xotiniga jerkib:
— Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman,— dedi.
— Qiyma ham bor, — dedi xonimi.
— Men tok bargiga o‘ralgan qiyma xohlardim.
— U ham bor.
Xojasining odatlarini juda yaxshi bilgan odobli xotin eri xush ko‘radigan barcha narsani qo‘lidan kelguncha harakat qilib, tayyorlagan va uning ko‘nglini olgan.

Yigit ertasiga yana do‘stlari oldiga chiqdi. Ular darhol qiziqib so‘radilar:
— Nima bo‘ldi? Xotiningni kaltakladingmi?
Yigit bo‘lgan voqeani aytgan ekan, do‘stlari:
— Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan,— debdilar.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Psixologiya | Просмотров: 1363 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
Написал: Nodirbek
29.11.2012, 22:20 1 8

cry smile dry
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]