Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Asl iPhone ning soxtasidan farqlari...
20:21
Asl iPhone ning soxtasidan farqlari...


iPhone dunyo yuzini ko‘rishi bilan, ko‘plab xitoylik ishlab chiqaruvchilar uning soxta nusxasini ishlab chiqarishga kirishib ketdi. Ammo shunga qaramay, asl iPhone bilan xitoyda ishlab chiqarilgan soxta iPhone ni bir biridan farqlash qiyinmas. Shu sababdan, uni xarid qilish vaqtida, quyida berilgan tavsiyalarni ko‘rib chiqing va aldanib qolmang.

Tavsiyalar:

  • 1 Xarid qilishdan oldin, uning qutisini ko‘zdan kechiring, sizdan avval OCHILMAGANMI? Agar ochilgan bo‘lsa, iPhone ni ko‘zdan kechring, uning zaryadkasini, USB-shnurini va ko‘rinishini yaxshilab tekshiring.
  • 2 Asl iPhone ning qutisini ustidagi rasmlar bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Shunisiga e'tibor bering.
  • 3 Xitoyda ishlab chiqarilgan iPhone ning orqa qismini osonlikcha ochishingiz mumkin. Asl iPhone esa ming urinishda ham ochilishi qiyin. Buning uchun uni yaxshilab chuqalashga to‘g‘ri keladi.
  • 4 Asl iPhone da mobil televizor va unga qo‘shimcha 20 sm antenna mavjud emas.
  • 5 Agar iPhone dan tayoqcha yoki boshqa bir predmet bilan foydalanish imkoniyati bor bo‘lsa, bilingki, bu asl iPhone emas. Sababi, asl iPhone inson barmog‘idan boshqasining buyrug‘ini qabul qilmaydi va qo'shimchasiga, asl iPhone barmoq buyruqlari tezda qabul qilinadi, lekin soxtasida barmoqlaringizni sezish qobilyati kuchsiz bo'ladi.
  • 6 Asl iPhonening zaryadkasi 60 grammga teng bo‘ladi. Undan ortiq hajmli yoki unda tushunarsiz yozuvlar mavjud bo‘lsa – demak iPhone soxta!
  • 7 Eng so‘ngida yana nima maslahat berishim mumkin? Yaxshisi, xarid qilmoqchi bo‘lgan iPhone dan xabar yuborib ko‘ring. iPhone ning klaviaturasi dunyodagi eng yaxshi klaviatura hisoblanib, uni quyidagi rasmdan ham ko'rishingiz mumkin. Asl iPhone chap tomonda turibdi, soxtasi esa o'ngda.
  • 8 Asl iPhone va soxta iPhone ning monitorlarini taqqoslasangiz juda ko'p farq ko'ras. Asliniki tiniq, ranglari ko'proq, sifatli ko'rinishga ega. Soxtasinikida esa nuqta-nuqtalar, xira yozuv, rasmlarni ko'rasiz.

Yuqoridagi farqlardan tashqari shu mavzuda yana qanday farqlarni bilasiz? Agar bilsangiz bu haqida izoh qoldiring.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1170 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]