Bolalarning ko’p narsalarni sizga qarab o’rganishini unutmang va ularga yaxshi o’rnak bo’ling. Shu bilan birga uning zehni darajasini ko’tarish uchun quyidagi takliflarni ham e’tiborga olishingiz durust bo’ladi:
1. U bilan gaplashing. Bolalaringiz bilan gaplashish va ularni tinglay bilishingiz juda samarali ikki narsadir. Agar biror kishi u bilan gaplashmasa, u gaplashishni o’rganmaydi va xuddi shunday biror kishi uni tinglamasa, amaliy ko’nikmalari bo’lmaydi hamda shunga muvofiq kishilar bilan aloqa qila olmaydi. Gaplashing, siz bilan aloqa bog’lasga bola hayotining har bir bosqichida ehtiyoj bo’ladi! Tekshirishlarga qaraganda, farzandingiz bilan gaplashish shakli boshqalarning gaplashishidan ko’ra farq qiladi va farzandingiz ham gaplashishni sizning so’zlaringzdan o’rganadi. Miyaning rivojlanishida sizning ona mehriga to’la so’zlaringiz foydalidir.
2. Ashula ayting. Bolangiz bilan birga ashula aytsangiz, kulishsangiz, hazillashsangiz bolangiz siz bilan yanada erkinroq gaplashadi.
3. Narsalarni o’rgating. Unga ba’zi narsalatrni ismini aytib, ta’rif bering, boshqa narsalar bilan taqqoslang, uning nima uchun ishlatilishini ayting. Farzandingiz sizni butun vujudi bilan tinglayotganini sezasiz!
4. Boshqa tomondan kelayotgan tovushlarni to’xtating. Televizor yoki radiyoning tovushi ancha baland bo’lsa, sizni bolangiz bilan gaplashishingizga tosqinlik qiladi.
5. Farzandingiz siz bilan gaplashayotganida butun diqqatingizni unga bering. Orqaga o’girilmaslikka harakat qiling, tiz cho’kib, ko’zingizni ko’zlariga qarating,
6. Unga nimalarnidir o’qib bering, bolangizga bir nimalar o’qib berish – uning til o’rganishiga yordam beradi, idrokini, diqqatini oshiradi. Bu jihatdan kitoblarni hayotingizning bir bo’lagi holiga keltiring, bolangizni uxlatar ekansiz, albatta unga o’qib bering. Bolangiz muloqat qila boshlaganda harflarning shakllarini ko’rsatgan holda o’qing, shu tariqa ba’zi bolalar 3 yoshidan o’qiishni o’rganib oladilar.
7. Musiqa chaling. Garchi mumtoz musiqa bolaning yanada zehinliroq qilishi isbotlanmagan bo’lsada, musiqa uning aqliy va ruhiy dunyosini boyitadi. Ba’zi birovlar musiqaviy va matematik qobiliyatlarning bir-biriga bog’liqligiga ishonadilar. Ammo tadqiqotlar musiqachilarning matematika sohasida ko’pchilik kishilardan farqli yoki ulardan yaxshiroq emsligini ko’rsatadi. Bolalarning matimatikaviy qobiliyatga ega bo’lishlarida ko’pchilik oilalarning kitoblar o’qib beris va bolalar bilan muloqotda bo’lish bilan yordam berislari o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshishida samarali rol o’ynaydi.
8. Bolangizni uxlatar ekansiz, unga ashula aytib bering. Bu ham bolangizni mazza qilib uxlashiga, ham takrorilash orqali uning so’z boyligining orttirishiga yordam beradi.
9. Musiqa bilan birga boshqa narsalarni ham o’rgating. "1-2-3 qo’l yuvishga tush, 4-5-6 tish yuvishning vaqti…” singari melodiyalar bolangizning fikrini bir joyga to’plashidga va so’larini eslab qolishiga yordam beradi.
10. Bolangizga yoqtiradigan musiqasini tanlashga ruxsat bering hamda doira (baraban)lar, qo’ng’iroqlardan foydalangan holda shovqin-suron, tasir-tusur chiqarishiga bir muddat chidab bering.
11. Qo’ying, bo’yasin. Bolalaringizning rangli qalamlari va o’yin qog’ozlari bilan vaqt o’tkazishiga qarshlik qilmang, chunki ular bolalarning qo’llarini chaqqonlashtirib, ularning badiiy mahoratlarini orttirishga yordam beradi.
12. Ularni yaxshi ko’rishingizni ko’rsating. Qilgan ishlarini ma’qtang va ularni hamma ko’radigan bir devorga osib qo’ying.
13. Farzandlaringizni hunarmandchilikka doir faoliyatlar bilan shug’ullanishlari uchun zarur ashyolarni topib bering. Tuxim soladigan idishlarni tashlab yubormang, savdo dukonlaridan berilgan paketlarni saqlab qo’ying, hojatxona qog’ozlari o’ramlaridan ham kesish va yopishtirishda foydalaning. Boshqa narsalar qilish ucun bog’dagi yaproqlarni to’plashingiz va devorga yopishtiriladigan oboy qog’ozi qirqimlarini bolalaringiz ucun saqlab qo’yishingiz mumkin.
14. Sanashni hayotingizning bir qismiga aylantiring. Farzandingiz matemetikani qanchalik bemalol o’rgansa, shunchalik maza qiladi va o’ziga bo’lgan ishonch ortadi. Bunda xuddi narvon zinapoyalaridan chiqqanday kichik odimlar qo’yishdan boshlang.
15. Sanoqlarni kuy ohangiga mos ravishda o’rganing. "Bir, ikki, uch - yong’oq ichi puch, uchdan keyin to’rt - avtobusni kut” kabi retmik aytishlardan foydalaning.
16. Miqdorlarning katta-kichikligi haqida so’zlashinglar. "Dasturxondagi likobchalar qanchligini sanay olasanmi?”, "Senga ularning kattasi kerakmi, yoki kichigi?” kabi savollardan boshlasangiz bo’ladi.
17. O’yinchoqlar va o’yinlar yordamida sanashga o’rgating. Sovutqich (xolodilnik)ka yopishtiriladigan magnitli rasmlar va boshq narsalar, vannaga tashlashingiz mumkin bo’lgan po’kakdan qilingan narsalar, sanoqlar bilan bog’liqa o’yinlar, masalan, "Monopoliya” o’yininig bolalar uchun moslashtirilgan variantlarini oling.
18. Ba’zi narsalarni qisimlarga bo’lgan holda o’rgating. Yiydigan narsalarni mayda bo’lakarga bo’lib, bu bo’laklar sonini bolangiz bilan sanang.
19. Televizordan hech qachon enaga sifatida foydalanmang. Chunki u bolalaringiz bilan munosabatda hech qachon sizning o’rningizni bosmaydi.
20. Bir videofilmni yoki DVDni farzandingiz ko’p marta ko’rishi sizni tashvishga solmasin. Takrorlash bolangizning o’rganishiga yordam beradi.
21. Sayr qiling va o’rganing. Istirohat bog’iga, kutubxonaga yoki do’konga qilingan sayohatlarda ko’p narsalarni o’rganishingiz mumkin.
22. Vaqti-vaqti bilan faoliyat turlaringizni o’zgartirib turishni maslahat beramiz. Boshqa bolalar bilan o’ynashini, ularni va oilalarini ma’lum bir tartibda ko’rib turishiga e’tibor bering.
Ko'rilgan ma'lumotga izoh qoldirishni unutmang !!!
manba: ayol.uz