21:03 Dam Olish Kunida Sinab Ko’ring: Aromaterpiyali Vannalar | ||
Kuz va qish fasli kelishi bilan terimiz borgan sari qurishib boradi. Shunday hollarda nima qilishimiz kerak deb boshimiz qotishi tayin. Turli kremlar surib, terimizni namlashga harakat qilamiz, ammo shunday vannalar borki, bular bilan biz terimizni yanada namlashimiz mumkin. Ertaga dam olish kuni. Quyida berilgan vannalarni amalda sinab ko’rib, hafta davomida yiqqan charchoqlarni chiqaring va tanangizga hordiq bering. Ishonamiz, ushbu vannalardan so’ng o’zingizni sezilarli darajada yengil his qilasiz. Eng avvalo, vannani suvga to’ldirib, ichiga sevimli atiringizdan bir necha tomchi qo’shib, yoki bo’lmasa hid taratuvchi pufaklardan solib, ichidan 20 daqiqa yotsangiz, kun davomida yig’ilgan charchoq va yomon energiyalarni tanangizdan quvgan bo’lasiz. Aromaterapiya uchun vannalar:Qahvali vanna: 2 osh qoshiq qahva quyqasiga 2 choy qoshiq smetana, bir necha tomchi efir moyi qo’shing. Toza tana terisizga surib, 15 daqiqadan so’ng yuvining. Tuzli vanna: 3 choy qoshiq yirik tuzga 3 osh qoshiq Smetana va hid berish uchun biroz vanillin qo’shing. Buni ham 15 daiqadan so’ng yuvasiz. Bu vanna asosan yog’li terilar uchun mo’ljallangan. Shokoladli vanna: 3 osh qoshiq kakao kukunini 1 osh qoshiqdan shakar va o’simlik yog’I bilan aralashtiring. Butun tanangiz terisiga surib, 15 daqiqadan so’ng yuvinasiz. Sellyulitga qarshi; yarim chashka qandolat makiga 2 osh qoshiq asal, 5 choy qoshiq zaytun yog’ini solib, yaxshilab aralashtirasiz. Sellyulit yig’ilgan joylarga surib biroz massaj qilasiz.
| ||
|
Всего комментариев: 0 | |