Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 28 » Dazmol tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak
20:25
Dazmol tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerak



Dazmol uy bekalari uchun eng yaxshi yordamchi. Kiyimlarimizni dazmolsiz tartibga keltira olmaymiz. Qadimgi dazmollar o’t yoqib qizdiriladigan shaklda bo’lgani bois, uni "o’t yoq”, deb atashgan va bu hodisa tilshunoslikda keyinchalik "utyug” bo’lib qoldi. Agar o’zingizga dazmol xarid qilmoqchi bo’lsangiz avvalo nimalarga ahamiyat berish kerakligini unutmang. Juda oddiy maslahat, ammo ko’pincha biz bunga ahamiyat bermasligimiz mumkin.

Maslahatlar:

  • 1O’zingizga yordamchi tanlashda uning tag qismi nimadan tayyorlanganligiga ahamiyat bering. Yaxshi dazmol sifatida o’zini-o’zi tozalash xususiyatiga ega bo’lgan tagi sopollisini tanlash mumkin. Agar tagi metalldan iborat buyum bo’lsa, gazlamani "yopishtirib qo’ygan” paytingizda dazmolni o’zingiz tozalashingizga to’g’ri keladi.
  • 2Dazmolning old qismi (uchi) ingichka va nafisroq bo’lishi lozim. Bu kiyimlaringizdagi dazmollash murakkab bo’lgan joylarini: tugmalar atrofi, cho’ntaklar va yenglar, ayollar kiyimining hoshiyalarini va hk. dazmol qilishda qulaylik yaratadi. Bunda gazlama g’ijimlanmaydi.
  • 3Eng asosiysi bu dazmolning elektr simi (shnur) 1,5-2 metrdan kam bo’lmasligi lozim. Dazmolning og’irligi (o’zingizga qulay bo’lishiga ko’ra), quvvati (1-2 kVt). Agar elektr simi (shnur) qisqa bo’lsa uzaytirgich (удлинитель) ulashga to’g’ri keladi. Agar ko’p uzun bo’lsa, ish paytida xalaqit beradi. Yengil dazmol qo’lda ushlaganda qulay, agar og’ir va qo’pol bo’lsa buning aksi bo’ladi.
  • 4Tanlangan dazmol 2-3 xil holatda bug’lash sistemasiga ega bo’lishi lozim. Suv quyadigan joyi, shu bilan birgalikda gazlamalarning turiga qarab haroratni moslashtirib beradigan regulyatorga ega bo’lishi lozim. Aytilgan vazifalardan tashqari dazmol, yana suv purkagich moslamasiga ega bo’lishi mumkin.

Dazmol tanlashda omad tilaymiz!

Manba: Maslahat.uz
Категория: Texnika | Просмотров: 1926 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]