13:51 Diyonatli Er (Mutolaa) | |
Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o‘rta yoshlardagi bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu otning axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko‘rar edi. Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat’iy, ilm-irfon sohibi edi. Avvaliga yosh xonim xojasining fe’l-atvorini juda yaxshi ko‘rar, unga qo‘lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko‘rsatar, xojasiga nisbatan o‘z vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichida barcha qo‘shnilari bilan tanishdi, qo‘shnilar uni, u esa qo‘shnilarni hurmat qilardi. Ammo o‘sha mahallada yomon fe’lli, hasadgo‘y bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga nisbatan hurmati bo‘lgani va shirin turmushlari ul xotinining rashkini keltirardi. Yosh xonim bilan qo‘shni bo‘lganlaridan beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi: Yomon fe’lli, hasadgo‘y ayol: Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota boshlaydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli falon narsani, ertasiga — bugun bunday qimmatli narsani sotdim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chiroyli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi bo‘lgan ul zot xotiniga: «joning sog‘ bo‘lsin yangisini olarmiz», — der edi. Xonim uyida sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni foydalaniladigan o‘ttiz yillik obdastani toshga urib sindirdi. Kechqurun eri kelganida ul xonim:— Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parchaparcha qilib tashladim, — dedi. — Ana xolos! Bu nimasi! — deb xojaning ko‘zlariga yosh keldi. — Men sizga hayronman, — dedi xonim. — Uydagi shuncha qimmatli narsalarni yo‘qotganimda jahlingiz chiqmay, «o‘zing sog‘ bo‘lsang bas» degan edingiz. Endi hojatxonadagi oddiy ko‘za singanida, ko‘zingizdan yosh to‘kdingiz, nega? — Xonim, ul ko‘za o‘ttiz yildir-ki mening eng mahram yerlarimni ko‘radi. Hozir yangi bir ko‘za olib, unga mahram yerlarimni qanday ko‘rsataman? — deb javob berdi xoja yosh ayoliga. Yosh xotin bir onda g‘aflatdan uyg‘ondi va kechirim so‘rab erining qo‘llarini o‘pdi, oyog‘iga yiqildi. «Meni afv eting, sizning amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan ozgina bo‘lsada, itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |