Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » Farzand Tarbiyalash Sirlari
14:00
Farzand Tarbiyalash Sirlari



Bolalikda olingan bilim va tajriba kishining kelajakda qanday yashashida juda muhim rol o’ynaydi.

Farzand tarbiyalayotganda unutmaslik kerakki, tarbiya metodi uni o’zlashtirishda ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, nimani aytgandan ko’ra, qanday aytganroq muhimroq. Aytaylik, siz gapirayotgan chog’ingizda farzandingiz jim turib eshitsa, demak siz bekorga gapirayotgan bo’lasiz. Farzandingizga hissiyotlari va mulohazalarini ifodalshga imkon bering, menga gap qaytarayapdi, deb jahlingiz chiqmasin. Bolani tushunishning eng ma’qul yo’li: unga yaxshi niyat bilan, ya’ni urshib jerkish bilan emas, shirin va muloyim muomala ilinjida yaqinlashishdir. Bitta suhbat davomida bir necha muammoni hal qilishga chog’lanmang! Har bir mavzu va muammoni yakka-yakka muhokama qiling!

Farzandingizga to’gri tarbiya bering. Bolaga xatolarini aytish bilan chegaralanish yaramaydi. "Qo’lingni yuv!”, "Salom qani?”, "Bor, darsingni qil!”larning o’zi kifoya qilmaydi. Agar farzandingizga aytilganlarini u bilan birga bajarib, uni olqishlab o’ysangiz, ko’zlangan natijaga erishishingiz mumkin.

Farzandingizni tinglay biling! Shu tariqa uninng muammo va his-tuyg’ularidan xabardor bo’lasiz. Uni yomon holatga tushirgan voqeadan so’ng, xulosa chiqarishga, saboq olishga ko’maklashing. O’sha vaqt uni koyimang. Ma’ruza o’qimang. Agar gapirishingiz joyiz bo’lsa, oradan bir oz vaqt o’tgach, farzandingizni hissiyotlari sovugandan so’ng tushuntirishingiz mumkin.

Bolangizni dushmaniga aylanishni istamasangiz, biror muvaffaqiyatsizlikdan keyin "ana aytmaganmidim!”, degan xitoblardan yiroq bo’ling. Unga baqirmadan va qizishmasdan xaqsizlikka qarshi chiqishni o’rgating.

Farzandingizni tinglayotib uning chehrasiga boqing! Shunda u o’zini kerakli his qiladi. Boladan gina qilmang. Faqatgina "Buni sendan kutmagandim!”, desangiz kifoya.

Farzandingizni biron xatti- harakati sizga yoqqanda, buni unga bildirib qo’ying.

Unutmangki, farzandingiz sizni o’ziga ideal deb bilsa, shudagina unga o’zingiz istagan tarbiyani va hohlagan narsangizni singdira olasiz.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Oila | Просмотров: 1964 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]