16:31 Farzandingizning ko'z nurini asrang | |
Yurtimizda milliondan ortiq bolajonlar turli ko’z kasalliklaridan aziyat chekadilar. Axir odam 90% ma’lumotni ko’rish orqali oladi-ku. Endi o’ylab ko’ring, ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bola atrof-tevarakni, do’stlari, odamlarni qanday tasavvur qiladi? Shuning uchun ota-onalar FARZANDlarining sog’lig’iga befarq bo’lmasliklari, vaqtida shifokor nazoratida bo’lib, bolalarining ko’zlarining tiniqligi va o’tkirligiga ahamiyat berishlari juda muhim. Ayniqsa, ko’z nuri haqida gap ketganda, vaqtida davolash o’ta zarur. Profilaktika - oftalmologning profilaktik tekshiruvi FARZANDingiz yetti yoshga to’lgunga qadar kamida 5 marta oftalmolog nazoratida bo’lish kerak (6 oylik, bir yosh, uch yosh, besh yosh, yetti yosh); keyin har ikki yilda. Tekshirish jarayonida shifokor qovoq va ko’z yosh ajratuvchi yo’llar, ko’z qorachig’i holati, ularning joylashuvi va harakati, hamda bolaning ranglarni ajratish qobiliyatini tekshirib ko’radi. - ko’zlar uchun mo’ljallangan mashqlar FARZANDingizning ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun bir necha mashqlarni o’yin tarzida amalga oshirsa bo’ladi. Ularni doimiy ravishda takrorlab tursangiz, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi va charchoqni oldini oladi. 1) ko’zlaringiz bilan geometrik shakllarni chizishni mashq qiling – to’rtburchak, aylana, oval, uchburchak. 2) ko’zingizni o’ngga, keyin chapga buring (boshingizni qimirlatmang). 3) bir necha sekund oldinga diqqat bilan qarang, keyin sekin burningizni uchiga qarang. 4) ko’rsatkich barmog’ingiz bilan asta-sekin ko’zingizni atrofini yengil harakatlar bilan uqalang. - bolalarga mo’ljallangan vitaminli preparatlar FARZANDingizga biror vitamin sotib olayotganingizda uning tarkibida beta-karotin borligiga ahamiyat bering. Shuningdek, chernika ekstrakti ham ko’rish qobiliyatini kuchaytiradi, ko’z qon tomirlarining devorini mustahkamlaydi, ko’zdagi charchoqni oladi. - ovqatlanishiga ahamiyat bering FARZANDingizning taomiga ahamiyat bering. Baliq, yong’oq, shaftoli, olxo’ri, bulg’or qalampiri (bolgarskiy), ismaloq (shpinat), fasol kabi mahsulotlar ko’z nurini oshiradi. Xavotirli belgilar: - nimanidir yaxshilab ko’rish uchun bola nafaqat ko’zi bilan intiladi, balki boshini ham u tomonga buradi; - istagan narsasini olayotganda ko’zini pirpiratadi; - bitta ko’zi yaxshi ochilmaydi; - qomatini tikka ushlamaydi (qaddini tik tutmaslik natijasidagi bosh miyadagi qon aylanishining yomonlashishi ko’rish bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi); - o’qishdan tez charchab qoladi; - bosh og’riydi yoki ko’zi og’riydi. Ko’rish qobiliyatining yomonlashuviga nimalar ta’sir qiladi? - virus va infeksiyalar; Davolash Bolaning ko’rish qobiliyati doimiy ravishda rivojlanib borgani sababli unga tashxis qo’yish uchun avval diqqat bilan tekshirish lozim. Tashxisga qarab davolash usuli tanlanadi. Ba’zan lazer yordamida davolash mumkin, ba’zan tabletkalar yordamida shifo topishingiz mumkin. Manba: Farzand.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |