Futbol hozirgi paytda millionlar emas, milliardlar o'yini hisoblanishi hech kimga sir emas. Uni nafaqat erkaklar, balki miriqib tomosha qiladigan ayollar ham topiladi. Biz do'stlarimiz bilan bir odat qilib olganmiz, har bir futbol o'yinini yanada maroq va qiziqish bilan ko'rish uchun yangi g'oyalar o'ylab topamiz. Bu maslahatda futbol o'yinlarini yanada qiziqroq o'tkazish uchun siz bilgan va bilmagan bir qancha fikrlarimizni baham ko'rmoqchimiz.
Qadam-baqadam maslahat:
1Iloji bo'lsa, futbolga qiziqadigan do'stlarni yig'ib birga ko'ring.
2Katta ekranda do'stlar bilan birgalashib tomosha qiling (Eng yaxshisi, 3d funksiyaga ega bo'lgan televizorda ko'rish. Bunday televizor stadiondagi real muhitni yaratib beradi)
3O'yin oldi har bir do'stingizdan o'yin natijasini bilib qog'ozga yozib, o'yindan so'ng kimning bashorati to'g'ri kelsa unga sovg'a bering.
4Futbol tomosha qilayotganda ikki guruhga bo'linib, o'z jamoangizga imkon qadar ovoz berib muxlislik qiling.
5Och qorinda futbol ko'rish yaxshi emas, chunki uni tomosha qilayotgan paytda his-tuyg'ularga berilib, ko'p energiya sarflaysiz. Shuning uchun, dasturxon yozib yaxshi taomlar qo'yish ham esdan chiqmasin.
6Stadionga ko'plab do'stlaringiz bilan borib o'yinni to'g'ridan-to'g'ri kuzating. Bayroq, sharf, karnaylarni olib, jamoangizni qo'llab-quvvatlang.
7Agar bilet tugagan bo'lsa yoki xorij klublari o'yinlari bo'lsa, kafe yoki uyda yaqin insonlaringiz bilan birga tomosha qiling. Uyda ko'rishning yana bir foydali tomoni o'yindagi gollarni, chiroyli vaziyatlarni qayta tomosha qilsangiz bo'ladi.
8Agar o'yin biri kuchli, ikkinchisi kuchsiz komanda orasida bo'lsa, ko'pchilik kuchli jamoaga muxlislik qilishi tabiiy. Siz bo'lsa bunga qarshi kuchsiz jamoaga muxlislik qiling. Shunda o'yinni ko'rishga ishtiyoq oshadi, eng yaxshisi ba'zilarida kuchsiz komanda yutib qolsa siz xursand bo'lasiz va kuchli jamoaga muxlislik qilgan do'stlaringizni ovuting. (Lekin kuchsiz jamoangiz yutqizishi mumkinligiga ham tayyor turing :) )
9Siz muxlislik qilmagan, lekin bir-biriga qarshi o'ynayotgan jamoalarning muxlislari yig'ilgan joyda siz ham ishtirok eting. Yutqizayotgan jamoaning muxlislarini ruhltantirib turing.
Ogohlantiramiz, spirtli ichimliklarni ichmang, unda o'yinni ko'rish emas, balki sizni ichimlik ta'sirida qanday harakatlar qilishingizni tomosha qilib o'tirishmasin. :)
Ushbu maqolada men bilgan ba'zi fikrlarni siz bilan bo'lishdim, sizda qanday fikrlar bo'lsa izoh sifatida pastda qoldiring. Bizga ham foydasi tegib qolar. Barcha futbol muxlislariga omad tilab qolaman.