Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Shanba, 20.04.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » "G'oliblar Qonuni" 3 Qonun: Har Soniyadan Foydalaning!
13:48
"G'oliblar Qonuni" 3 Qonun: Har Soniyadan Foydalaning!



Bizning hayotimiz katta tezlikda o‘tib ketayapdi. Bizda esa hamma ishni to‘xtatib qo‘yib, hayotning qanchalar yaxshi ekanligidan bahra olishga vaqt deganlari yetishmaydi. Atrofimizdagi odamlarni baholashimizga imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz hayotimizning eng qimmatli daqiqalarini kundalik ishlar bilan o‘tkazib yuboramiz. Hatto biz bilan yuz bergan yaxshi voqyealarni ham tez unitamiz.

Ba'zida esa o‘zimiz tushunmagan narsalar ro‘y beradi biz bilan. Baxtsiz xodisalar, og‘ir kasallikla, o‘lim - bularning baridan qochib qutilib bo‘lmaydi. Bularning qanday tugashi o‘sha voqyealarga bo‘lgan bizning munosabatimizdadir.
Shunday ekan, keling, hayotimizning har bir onidan rohatlanib yashaylik! Hayotimizda, o‘tayotgan har bir kunimizda uchraydigan har bir kishini qadriga yetshimiz kerakligi doim yodimizda tursin!

Afsuski, ko‘pchiligimiz vaqtni qadriga yetmaymiz, go‘yoki vaqt tuganmasdek tuyiladi bizga. Faqat biror narsani yoki biror kishimizni yo‘qotganimizdagina vaxt bizga tuhfa ekanligini tushunib yetamiz. Unda esa kech bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan voyeqalar esa sog‘ligimizga putur yetkazadi.

Lekin hayotimizni baxtu shodlikka to‘ldirib turgan bu mo‘'jizakor daqiqani hammamiz ham anglayvermaymiz.

Vaqtni taqsimlashda odatda odamlar 4 xatoga yo‘l qo‘yishadi:

  • Birinchisi, vaqtni juda yaxshi taqsimlanganiga qarmay, ko‘pchilik odamlarda vaqt baribir ham yetishmaydi. Chunki ko‘p uslublar, bizga vaqt sovg‘a qilish o‘rniga uni o‘g‘irlashadi.
  • Ikkinchisi, ko‘pchiliklar har bir daqiqani rejalashtirishga haddan ortiq vaqt sarflaydi. Buning oqibatida ularning sarflagan vaqtlari yillarga teng bo‘lishi mumkin. Kimningdir oldiga qo‘yilgan maqsadi bo‘lmaydi, ammo vaqtni juda yaxshi rejalashtira oladi, oqibatda esa noto‘g‘ri maqsad sari intilib, xatoga yo‘l qo‘yadi va bairib vaqtdan yutkazadi. Shunday ekan biz ma'nosiz narsalar bilan band bo‘lmasdan, ayni daqiqada biz uchun nima muhim ekanligini aniqlab olishmiz kerak.
  • Uchinchisi esayu barcha kutilmagan narsalar bizga rejalarimizni amalga oshirishga to‘siq bo‘ladi. Xatto yaqinlarimiz ham halal berayotgandek tuyilishi mumkin. Bu narsa avtomat tarzda yuz beradi, chunki hammamiz uchun vaqt muqhimdir. Lekin vaqtni rejalashtirish bizga bo‘ysunishi kerak, biz unga emas! Kimdir vaqtni rejalashtirayotganida afqat kelajak haqida o‘ylaydi va o‘z kelajagi bilan yashaydi. Xatto yeklajakda ham u uzoq kelajak bilan yashashni boshlaydi. Agar shu tarzda ketsa, biz xech qachon har bir onimizdan rohatlana olmaymiz, atrofimizdagi odamlarni qadrini unutib qo‘yamiz. Atrofimizdagi odamlar biz uchun hamisha birinchi o‘rinda qolishi shart!
  • To‘rtinchisi, agar qilshimizga ish qolmasa, o‘zimizdan nolishni boshlaymiz. Chunki hammamiz band bo‘lishga o‘rganib qolganmiz. Xo‘sh, agar biz band bo‘lmasak, unda zerikishimiz kerakmi? Lekin inson har bir berilayotgan soniyani, daqiqani tuhfa ekanligini bilb, zerikishga haqqi yo‘q. Qachon zerikarli bo‘lishi mumkin, bilasizmi? Qachon odam vaqtni qadriga yetmasagina, uni foydalanishni bilmasa, zerikishi mumkin.

Biz biroz to‘xtab, yaxshilab o‘ylab olishmiz kerak. Ba'zan g‘oliblar ularning nazarida vaqt to‘xtagandek bo‘lsa, xursand bo‘lishadi. Chunki ularga yana bir bor o‘ylab olish imkoniyati beriladi.

Xatto tanaffuslar ham bizga o‘ylash uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ba'zan biz hayotimizni shunday o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yayotganimizni bilmay qolamiz. Bunday tanaffuslar bizga ana shunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligimizda ko‘maklashadi. Shu sababdan biz diqqatli bo‘lib, hayotimizdagi kerakli narsalarni o‘tkazib yubormaylik.

Bu daqiqani o‘rnini xech narsa bosa olmaydi! Har bir daqiqamiz hanimat. Bugungi kun endi qaytarilmaydi. Bugungi kun esa baxtli bo‘lishimizga imkon bo‘lishi mumkin!

Shuning uchun ham o‘ylang, bugungi kuningizni yanada mazmunli o‘tishi uchun yana nimalar qilishingiz mumkin, qanday foydali ishlarga ulgura olasiz? Yoqimsiz xodisalar sizda ro‘y berishiga yo’l qo’ymang!

Omali odamlar vaqtining kimyogarlari! Ular oddiy soniyalarni qimmatli soniyalarga aylantiradilar. Baxtli odamlarning siri shundaki, ular har bir ondan mo‘'jiza kabi foydalanadilar.

G‘oliblar berilgan kunning har bir onidan unumli foydalanadilar. Ular atrofidagi odamlarning qadriga yetadilar. Atrofdagilarning bitta bo‘lsa ham yaxshi tomoni borligi uchun yaxshi ko‘radilar va ularning ham xurmatiga sazovor bo‘ladilar.

Amaliy Mashqlar:

  • Men tez tez G'oliblar qonunini o'qib turaman va ularni hayotga tadbiq etaman.
  • Hayotimni har bir onidan unumli foydalanishni o'rganaman.
  • Atroofimdagi odamlarni boricha yaxshi ko'raman va ularni qadrlayman.
  • Ayni damda men uchun nimalar muhim ekanligini aniqlab olaman.
  • Bugun qanday foydali ishlar qilganimning tahlilini qilaman.
Manba: Maslahat.uz
Категория: Ish va Karyera | Просмотров: 1327 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]