22:55 "G'oliblar Qonuni" 3 Qonun: Har Soniyadan Foydalaning! | |
Bizning hayotimiz katta tezlikda o‘tib ketayapdi. Bizda esa hamma ishni to‘xtatib qo‘yib, hayotning qanchalar yaxshi ekanligidan bahra olishga vaqt deganlari yetishmaydi. Atrofimizdagi odamlarni baholashimizga imkoniyat bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz hayotimizning eng qimmatli daqiqalarini kundalik ishlar bilan o‘tkazib yuboramiz. Hatto biz bilan yuz bergan yaxshi voqyealarni ham tez unitamiz. Ba'zida esa o‘zimiz tushunmagan narsalar ro‘y beradi biz bilan. Baxtsiz xodisalar, og‘ir kasallikla, o‘lim - bularning baridan qochib qutilib bo‘lmaydi. Bularning qanday tugashi o‘sha voqyealarga bo‘lgan bizning munosabatimizdadir. Afsuski, ko‘pchiligimiz vaqtni qadriga yetmaymiz, go‘yoki vaqt tuganmasdek tuyiladi bizga. Faqat biror narsani yoki biror kishimizni yo‘qotganimizdagina vaxt bizga tuhfa ekanligini tushunib yetamiz. Unda esa kech bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan voyeqalar esa sog‘ligimizga putur yetkazadi. Lekin hayotimizni baxtu shodlikka to‘ldirib turgan bu mo‘'jizakor daqiqani hammamiz ham anglayvermaymiz. Vaqtni taqsimlashda odatda odamlar 4 xatoga yo‘l qo‘yishadi:
Biz biroz to‘xtab, yaxshilab o‘ylab olishmiz kerak. Ba'zan g‘oliblar ularning nazarida vaqt to‘xtagandek bo‘lsa, xursand bo‘lishadi. Chunki ularga yana bir bor o‘ylab olish imkoniyati beriladi. Xatto tanaffuslar ham bizga o‘ylash uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ba'zan biz hayotimizni shunday o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yayotganimizni bilmay qolamiz. Bunday tanaffuslar bizga ana shunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligimizda ko‘maklashadi. Shu sababdan biz diqqatli bo‘lib, hayotimizdagi kerakli narsalarni o‘tkazib yubormaylik. Bu daqiqani o‘rnini xech narsa bosa olmaydi! Har bir daqiqamiz hanimat. Bugungi kun endi qaytarilmaydi. Bugungi kun esa baxtli bo‘lishimizga imkon bo‘lishi mumkin! Shuning uchun ham o‘ylang, bugungi kuningizni yanada mazmunli o‘tishi uchun yana nimalar qilishingiz mumkin, qanday foydali ishlarga ulgura olasiz? Yoqimsiz xodisalar sizda ro‘y berishiga yo’l qo’ymang! Omali odamlar vaqtining kimyogarlari! Ular oddiy soniyalarni qimmatli soniyalarga aylantiradilar. Baxtli odamlarning siri shundaki, ular har bir ondan mo‘'jiza kabi foydalanadilar. G‘oliblar berilgan kunning har bir onidan unumli foydalanadilar. Ular atrofidagi odamlarning qadriga yetadilar. Atrofdagilarning bitta bo‘lsa ham yaxshi tomoni borligi uchun yaxshi ko‘radilar va ularning ham xurmatiga sazovor bo‘ladilar. Amaliy Mashqlar:
| |
|
Всего комментариев: 0 | |