22:52 “G’oliblar Qonuni” 4-Qonun: Foyda Keltiruvchi Faoliyatga Diqqatingizni Jamlang | |
Kunlardan birida shogird ustozi bilan uning mehnati va samarasi haqida suhbatlashib o‘tirardi. Shogirdni ayniqsa bir savol qattiq qiziqtirardi: natija omili bo‘lib nima xizmat qiladi? Mehnat samarasi nima bilan aniqlanadi? Ko‘pgina insonlar mehnatimizga alal-oqibatda kim haq to‘lashi haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega. Aslida esa mehnat iste'molchilari, boshqacha aytganda, bozor haq to‘laydi. Bozorga chiqargan boyliklarimiz uchun bizga haq to‘lashadi. Foyda keltiruvchi faoliyat (FKF) natijalariIqtisodiy boylik haqida gapirar ekanmiz, biz doim qandaydir mehnat natijalarini tushunamiz. Axir aynan natijalarga haq to‘lanadi, yaxshi niyat yoki shijoat uchun emas. Siz o‘zingizni oqlaganingiz, bahonalar bilan hech narsa ola olmaysiz. Mashhur magnat Klement Stoun kunlarning birida shunday degandi: "Men insonlarni faqat bajargan ishining natijasiga qarab baholashga odatlanganman. Natijalar har qanday chiroyli so‘zlardan ham chiroyliroq”. Siz ko‘proq pul ishlashni istaysizmi? Unda siz yanada yaxshiroq natijalarga erishib, o‘zingizning bozor qiymatingizni oshirishingiz kerak. Buning uchun eng yaxshi yo‘l - FKFga diqqatingizni jamlashdir. Ishlab topgan pulimizning sakson foizi natija va yigirma foizi intilishimiz bahosi ekanligini o‘z vaqtida Pareto aniqlagan. Bundan ko‘rinadiki, biz vaqtimizning sakson foizini shunchaki sovuramiz yoki besamar ishlatamiz. Xo‘sh, bizga sakson foiz natijani taqdim etuvchi o‘sha sirli yigirma foiz ishimiz nimadan iborat o‘zi? Ko‘pgina sotuvchilar xaridorga asosiy va yakunlovchi savolni berishdan iymanib, bekorxo‘ja gapdonlar rolini o‘ynashga majbur bo‘lishadi. Ko‘pgina xodimlar hujjatlarni saralash ishlarini takomillashtirish uchun soatlab vaqtlarini sarflab yuborishadi. Ko‘pgina boshliqlar qo‘l ostidagilari uchun ham ishlashadi. Bularning hammasi foyda keltirishi mumkin bo‘lgan faoliyat hisobiga amalga oshiriladi! Foliblar esa shu sakson foizning katta qismidan FKF sifatida foydalanishadi. Buning hisobidan ular mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirib olishadi. Har qanday ishda yakuniy foydaning miqdori shunga bog‘liq bo‘lgan bir necha asosiy masala mavjud. Aynan shularga siz diqqat-e'tiboringizni qaratishingiz kerak. Shunisi qiziqki, FKF uncha murakkab bo‘lmagan narsalardan iborat. Agar yaxshilab o‘ylab qarasangiz, g‘oliblar murakkab narsalarni hal eta olishi bilan emas, oddiy narsalarni mutlaqo yaxshi qilishlari bilan ajralib turishadi. Lekin eng asosiysi shundan iboratki, ular shu ishni qilishadi! Ko‘proq pul ishlash uchun nima qilish kerak, degan savolni o‘z-o‘zingizga doim berib boring. Nima bilan shug‘ulanishingizdan qat'iy nazar, javob bitta bo‘ladi: oling va qiling! Ish vaqtining sakson foizini FKF uchun sarflashda insonlarga ko‘proq nima halaqit beradi? Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish! Muvaffaqiyatsizlikni ikki narsa bilan tushuntirish mumkin. Birinchidan, xatoga yo‘l qo‘yishimiz va bu xato uchun mas'ul bo‘lishimiz mumkin. Ikkinchidan, ko‘zlangan maqsadga yetisha olmasligimiz mumkin, bunda bizning aybimiz bo‘lmaydi - shunchaki buning imkoniyati yo‘q. Keling, kishining o‘ziga ishonchini so‘ndiruvchi ikki holatni ham o‘rganib chiqaylik. Afsuski, juda ko‘pchilik inson muvaffaqiyatsizlikni yakuniy hukm sifatida qabul qiladi. Muvaffaqiyatsizlik yil fasllaridek, vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladiBiz mas'ul bo‘lmagan muvaffaqiyatsizlikdan boshlaylik. Bu yerda salbiy natija sistemaning o‘zining qismi hisoblanadi. Bunday muvaffaqqiyatsizlik o‘zimizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmasligi lozimligini tushuntirish uchun bir voqyeani hikoya qilib beray. Chuqur yer ostida pakana insonlar - gnomlar yashashar ekan. U yerda ular issiqqina va shinamgina uylarda yashashar ekan. Kunlardan bir kun Yer yuzida hayot juda go‘zal ekanligi haqida mish-mish tarqabdi. Gnomlar buni tekshirib ko‘rishga ahd qilishibdi va bitta vakilni yuqoriga jo‘natishibdi. Gnomlar haqidagi bu ertakda yil fasllari haqida so‘z boradi. Lekin har qanday faoliyat turida hamma narsa silliq ketadigan "yoz” vaqti ham, ish bir joyda depsinib qolgan "qishki” fasl ham bo‘ladi. Shunday vaqtlar ham bo‘ladiki, juda ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi, lekin maqsadga qisman yetiladi. Katta raqamlar qonuniMuvaffaqiyatga erishish uchun "katta raqamlar qonuni” deb ataluvchi qonunini o‘rganish va unga amal qilish kerak. Agar o‘yin soqqasini olib, uni tashlasangiz, tushgan son mutlaqo tasodifiy hisoblanadi. Agar uni o‘n marta tashlasangiz ham, bu natijalar tasodifiy hisoblanadi. Agar kubikni bir yuz ellik marta tashlasangiz, bu holda ehtimollar nazariyasi ishga tushadi. Kubikni qancha ko‘p tashlasangiz, undagi sonlarning har biri barobar miqdorda tushishi ehtimoli osha boradi. Xatolar doim mavjudXatolarni rivojlanishimizning muhim tarkibiy qismi sifatida qabul qiling. Agar ilk bora xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsangiz - bunda qo‘rqinchli emas. Bir marta yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqariladi va u boshqa takrorlanmasligiga harakat qilinadi. Bu yerda qadimiy iborani eslash o‘rinli: "Hyech ish qilmagan insongina xato qilmaydi”. Har qanday faoliyat davomida xatolar paydo bo‘ladi. Shu sababli, ularni mehnatsevarlikning bir belgisi, deb hisoblash mumkin. Bu nuqtai nazardan olib qaralsa, xatolar hatto foyda keltiradi. "IBM” kompaniyasi asoschisidan "sizga yetgishli konsernda xodim yorqin karyera qilishi uchun nima qilishi kerak?” deb so‘ralganda, xatolar oldidagi qo‘rquvini yenggan inson kattaroq hajmda FKF bajarishini juda yaxshi bilgan Uotson "U xatolari miqdorini ikki marta oshirishi kerak”, deb javob bergan. Muvaffaqiyat tan olish va pul bilan bevosita bog‘langan. Xatolar esa avvaliga hech qanday rag‘bat keltirmaydi. Biroq ular rivojlanish uchun zarur, chunki tajribani shakllantiradi. Tajriba esa, o‘z navbatida, muvaffaqiyatga yetaklovchi eng yaxshi qarorlarni qabul qilishda asqotadi. Shuning uchun xatoga yo‘l qo‘ymay qo‘ygan odam rivojlanishdan to‘xtaydi. Amaliy mashqlar :Bugundan e'tiboran men foyda keltiruvchi faoliyatim foizini oshirishga harakat qilaman. Buning uchun quyidagilarni amalga oshiraman:
| |
|
Всего комментариев: 0 | |