Bolakay buvisini yozib o’tirgan xatiga termulguncha dedi:
- Buvijon men haqimda yozayapsizmi?
Buvisi ham nabirasiga tabbasum qilib dedi:
- To’gri topding, o’glim. Men sen haqingda yoayapman. Asosiysi nima yozayotganim emas, nimaga yozayotgatim muhim. Ulg’ayganingda men seni manashu qalam kabi bo’lishingni istayman.
Bola qiziqsinib qalamni tomosha qildi, ammo undan biron bir arzigulik narsani topolmadi. Shunda u buvisidan yana so’rad:
- Aynan shu qalamdaymi?
- Ha, ammo hamma narsa sen qalamga qanday qarashingga bog’liq. Bu qalam o’zida senga kerak bo’ladigan 5 sifatni mujassam etgan. Agar sen o’sha sifatlarni o’zingda tadbiq etsang, sen hayotda baxtli yashaysan.
Birinchisi, sen balki daho bo’larsan, ammo boshqaruvchi kuch haqida xech qachon esingdan chiqarma. Biz bu kuchni Oliy kuch deb ataymiz. Sen o’sha kuchga ishon va uni his qilishni o’rgan!
Ikkinchisi, qalamda yozishim uchun, uni uchini ochishib kerak bo’ladi. Uning uchini chiqarish, balki u uchun og’riqli bo’lishi mumkin, ammo o’shandan keyin u yanda yaxshiroq yosihni boshlaydi. Shunday ekan qiyinchiliklarga chidashni o’rgan, ular seni toblantiradi.
Uchinsi, agar qalamdan foydalanganda, xatoga yo’l qo’yilganda, o’chirgichdan ham foydalanish kerak bo’ladi. Unutma, xatolarni to’girlash hamma vaqt ham yomon emas, bu bilan sen o’z to’g’ri yo’lingni tanlashing mumkin.
To’rtinchisi, qalamni sifatli ekanligi uning tashqi ko’rinishiga bog’liq emas, ya’ni taxtadanmi, yelimdanmi, uning sifatliligi – ichki qismida. Shuning uchun sen ham har doim ichingda nimalar yuz berayotganing tahlil qil, ichki dunyoyingni to’girla.
Va nihoyat, beshinchisi, qalam o’zidan har doim iz qoldiradi vas en ham o’zingdan iz qoldirasan, shunday ekan, har bir qadamingni o’ylab bos, toki o’zingdan keyin faqat yaxshi nom qolsin!