Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

grfsdfsfsdf...fsdfsd

Payshanba, 28.11.2024
Главная » 2012 » Noyabr » 29 » IELTS nima?
23:13
IELTS nima?


IELTS (International English Language Testing System- Xalqaro Ingliz Tili Imtihon Tizimi) xalqaro imtihon tizimidir. Bu tizim Ingliz tili muomala tili bo’lgan davlat yoki muassasalarda ishlashni yoki o’qishni rejalashtirayotganlar uchun Ingliz tili bilimini tekshirib ko’rish imtihonidir. IELTS xalqaro eng yuqori sifatli imtihon standartlariga mosdir va tilning to’rtta sohasini (tinglash, o’qish, yozma va og’zaki) imtihon qiladi.

IELTS imtihoni ikki hil shaklda mavjud - Academic va General Training. IELTS haqida to’liq ma’lumot va imtihon materiallarini www.ielts.org saytidan olish mumkin.

Academic Module imtihon topshiruvchilarni Ingliz tili asos bo’lgan bakalavr yoki magistratura kurslarida o’qishga tayyor yoki tayyor emasligini imtihon qiladi. General Training Module esa Ingliz tili asosiy til bo’lgan davlatlarga universitet darajasida bo’lmagan tayyorgarlikdan o’tish yoki immigratsiya maqsadlarida boruvchilarni imtihon qiladi. IELTS ko’pgina davlatlarning universitetlari va ish beruvchilari tomonidan tan olingandir.

TXVUning Umuta’lim kursiga kirish uchun Ingliz tili talabi kamida 5.5 IELTS balli, bakalavr kurslariga kirish uchun 6.0 IELTS balli va magistratura kurslariga kirish uchun 6.5 IELTS balli qilib belgilangan. O’zbekistonda IELTS imtihonlari Britaniya Kengashi tomonidan olib boriladi. IELTS imtihon kunlari va boshqa ma’lumotlarni Britaniya Kengashining internet saytidan olish mumkin.

Manba: Maslahat.uz
Категория: Boshqalar | Просмотров: 1847 | Добавил: Nodirbek | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]