13:04 Ikkinchi FARZANDni qachon kutish kerak? | |
Agar FARZANDi bor bo`lgan ota-onalar yana FARZANDli bo'lishga ahd qilgan bo`lsalar, tabiiyki ularning qarshisida savol ko'ndalang turadi: QACHON? Ushbu masala yuzasidan bizda uchta variant mavjud, keling ularni birma-bir sanab, ko`rib chiqamiz... 2-3 yildan keyin Onaning professional ishi haqida ham bu yerda ko`p ijobiy taraflari mavjuddir. Ona kenjatoyni bolalar bog`chasiga berib o`zining kundalik ishini davom ettirishi mumkin. Ona dekretga faqat uchinchi FARZAND ga homilador bo`lgan tarzdagina chiqishi mumkin. 7 yildan so`ng. Birinchi FARZANDingiz maktabga chiqqan paytida Bu paytda birinchi FARZANDingiz Sizdan ko`p vaqt va e'tibor talab qilmaydi va ikkinchi FARZAND uchun ona o`zining barcha vaqtini bemalol sarflashi mumkin. Birinchi FARZANDingiz o`zini Sizning e`tiboringizdan chetda qolganday sezmasligi uchun uning yumushlari bilan kutilayotgan kenjatoy masalalarini FARZANDingiz bilan bo'lishing. Oldin uyda kenjatoy bo`lib yurgan FARZANDingiz endi kutilayotgan ikkinchi FARZANDdan keyin FARZANDlar orasida katta FARZAND bo`lar ekan, uni kenjatoy tug`ilganidan keyin uni ko`chaga chiqishdan oldin kiyintirish, ko`chalarda kolyaskada aylantirib yurganda kolyaskani itarib yurishi, kechalari ertak aytib berishi va kitob o`qib berishi uning bu faol o`sayotgan oilada kerakli insonligini his qilish imkonini beradi. 18 yildan keyinroq Bu variant faqatgina ona 40 yoshdan yoshroq va birinchi ko`rgan FARZANDi ona hali yosh bo`lganida ko`rgandagina qo`l keladi. Tabiiyki, katta FARZANDingiz uchun bu paytda uning faol hayotiga aralashishingiz unchalik zarur emas bo`ladi. Bu paytda FARZANDingizni ham o`z oilasi va hattoki FARZANDi ham bo`lishi mumkin. Bu juda ham qiziq bo`ladi. Faraz qiling, Nevarangiz va Farzandingiz tengdosh bo`lsa, ularga bir birlari bilan o`ynash juda ham qiziq bo`ladi va ular yoshligidan birgalikda o`sishadi. Shuncha yil o`tganidan keyin, tabiiyki, onaning kutayotgan FARZANDi huddi birinchi marta kutganiday bo`ladi. Onaga qaytadan bolaga parvarish qilish va shu kabi barcha narsalarni qayta o`rganib chiqish, takrorlash lozim bo`ladi. Buning hammasi onaga yoshlik ato etib, unga yangi kuch-quvvat bag`ishlab, uni yanada tetik sezishga yordam beradi. Albatta, har bir ona o`zi uchun va o`zini oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda qaysi payt ikkinchi FARZAND ko`rishini o`zi hal qiladi. Bu qadamni bosgan ona bilan bemalol faxrlansa ham bo`ladi, chunki ko'pchilik onalar bu qadamni bosib o`tishdan oldin ko`p o`ylab qiynaladilar. Oilangizga tinchlik-totuvlik tilaymiz. Ko`paying va baxtli hayot kechirib, FARZANDlaringizni rohatini ko`rib yurish nasib qilgan bo`lsin. Manba: Farzand.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |